Jahon | 07:41
2565
2 daqiqa o‘qiladi

Infografika: kompaniya xodimlariga bosh direktorning maoshini topish uchun qancha “umr” kerak?

Xodimlar o‘rtacha hisobda kompaniya rahbarlariga nisbatan o‘nlab, hatto yuzlab marta kam maosh oladi. Biroq yangi infografika mualliflari kompaniya xodimlariga bosh direktorning yillik daromadini topish uchun qancha “umr” kerak bo‘lishini aniqlashga qaror qildi.

Foto: iStock

Infografika muallifi “umr” atamasini kompaniya xodimining o‘rtacha ish haqi asosidagi 40 yillik mehnat faoliyatini anglatish uchun qo‘llagan. Bu mavhum maosh nisbatlarini yanada aniqroq va tushunarliroq ko‘rsatishga yordam beradi. Ma’lumotlar SEC EDGAR — kompaniyalar moliyaviy va huquqiy axborotni oshkor qiladigan ommaviy elektron bazadan olingan.

Eng katta tafovut Mattel kompaniyasida kuzatilgan. Kompaniya xodimining o‘rtacha yillik maoshi taxminan 9,4 ming dollar, bosh direktorning yillik daromadi esa qariyb 37,8 million dollarni tashkil qiladi. Ularning o‘rtasidagi nisbat juda katta — 4028:1. Bu esa Mattel xodimiga bosh direktorning bir yillik daromadini topish uchun o‘rtacha 101 “umr” kerak bo‘lishini anglatadi.

Rent Seeking, Voronoi

Ikkinchi o‘rinni MercadoLibre egalladi. Bu yerda xodimga bosh direktor daromadiga yetish uchun 40 “umr” kerak bo‘ladi. O‘rtacha xodim bir yilda taxminan 8,7 ming dollar, bosh direktor esa qariyb 13,7 million dollar ishlab topadi.

Top-3 qatoridan FirstCash ham o‘rin olgan. Bu kompaniyada xodimga bosh direktorning yillik daromadiga yetish uchun 26 “umr” kerak. Shuningdek, McDonald’s xodimlari o‘rtasida ham katta tafovut kuzatilgan — ularga kompaniya rahbarining bir yillik maoshini topish uchun 25 umr kerak bo‘ladi.

Ro‘yxatdagi xodimlar orasida eng yuqori yillik maoshlardan biri Apple kompaniyasida qayd etilgan — 114,7 ming dollar. Biroq hatto bu holatda ham nisbat 650:1 bo‘lib, bu 16 “umr”ga teng.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid