Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent - Yerevan aviareysi qayta tiklanishi mumkin
Toshkent va Yerevan o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar so‘nggi o‘n yilliklardan so‘ng 2026 yil may oyida qayta yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.
Foto: UZBEKISTAN AIRPORs
Ma’lum qilinishicha, mazkur yo‘nalishda muntazam yo‘lovchi reyslari haftasiga bir marta Boeing 737 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Yangi aviaqatnov ochilishi O‘zbekiston va Armaniston o‘rtasidagi turistik hamda biznes aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda. Shuningdek, bu ikki mamlakat fuqarolari uchun sayohat imkoniyatlarini kengaytiradi.
Avvalroq ushbu yo‘nalish bo‘yicha yo‘lovchilar Moskva, Istanbul yoki Tbilisi orqali transfer bilan parvoz qilishga majbur edi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur yo‘nalishda tashuvchi sifatida Yerevandagi Zvartnots xalqaro aeroporti bazasida faoliyat yurituvchi «Shirak Avia» aviakompaniyasi ishtirok etadi. Aviakompaniya 2019 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda va Boeing 737 oilasiga mansub samolyotlar bilan xalqaro reyslarni amalga oshirib keladi.
Mavzuga oid
19:57 / 18.03.2026
19 martdan Toshkent – Dubay – Toshkent yo‘nalishidagi muntazam reyslar tiklanadi
23:12 / 28.02.2026
“Qaynoq nuqta”ga aylangan Yaqin Sharq: yuzlab reyslar bekor qilindi
13:55 / 28.02.2026
Eron va Isroil havo hududi yopildi
10:40 / 28.01.2026