Ma’lum qilinişiça, mazkur yönalişda muntazam yölovçi reyslari haftasiga bir marta Boeing 737 samolyotlarida amalga oşirilişi rejalaştirilgan.
Yangi aviaqatnov oçilişi Özbekiston va Armaniston örtasidagi turistik hamda biznes aloqalarni yanada rivojlantirişga xizmat qilişi kutilmoqda. Şuningdek, bu ikki mamlakat fuqarolari uçun sayohat imkoniyatlarini kengaytiradi.
Avvalroq uşbu yönaliş böyiça yölovçilar Moskva, Istanbul yoki Tbilisi orqali transfer bilan parvoz qilişga majbur edi.
Ma’lumotlarga köra, mazkur yönalişda taşuvçi sifatida Yerevandagi Zvartnots xalqaro aeroporti bazasida faoliyat yurituvçi «Şirak Avia» aviakompaniyasi iştirok etadi. Aviakompaniya 2019 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda va Boeing 737 oilasiga mansub samolyotlar bilan xalqaro reyslarni amalga oşirib keladi.

















