O‘zbekiston | 17:55
531
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

O‘zLiDeP: "Xalq bilan birga” dasturi doirasida 534 ta muammo o‘rganilib, 421 ta yechim berildi

Partiya vakillarining takidlashicha, mas’ullar xonadonma-xonadon yurib, muloqotlar tashkil etyapti. Hozirgacha “Yurakka yo‘l” aksiyasi bo‘yicha 29 mingta uyga kirilgan, partiya tadbirkorlari ko‘magida mingga yaqin ehtiyojmand oilalarga amaliy yordam ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan ilgari surilgan “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida joylarda aholi muammolarini o‘rganish va ularni hal etishga qaratilgan ishlar davom etmoqda.

Partiya faollari, deputatlar, tadbirkorlar va jamoatchilik vakillari xonadonma-xonadon yurib, tanishuvlar olib boryapti. Jarayon davomida fuqarolarning kundalik hayotdagi muammolari bevosita o‘rganilyapti, ularni imkoni boricha joyida hal etishga harakat qilinyapti.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Yurakka yo‘l” aksiyasi doirasida bir hafta ichida:

  • 29 mingta xonadonga kirilgan;
  • 534 ta muammo aniqlangan;
  • 421 tasi joyida hal etilgan.

Qolgan murojaatlar bo‘yicha tegishli ishlar bosqichma-bosqich davom ettirilayotgani bildirilmoqda.

Shuningdek, loyiha doirasida tadbirkorlar ko‘magida ehtiyojmand oilalarga ham amaliy yordam ko‘rsatilib, mingga yaqin xonadonga turli ko‘rinishdagi ko‘mak yetkazilgani aytildi.

Mutasaddilar fikricha, bunday yondashuv aholi muammolarini joyida aniqlash va tezkor yechim topish imkonini beradi. Eng muhim jihatlardan biri sifatida bevosita muloqot orqali muammolarni “qog‘ozda emas, real sharoitda” ko‘rish imkoniyati qayd etilmoqda.

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid