Partiya vakillarining takidlaşiça, mas’ullar xonadonma-xonadon yurib, muloqotlar taşkil etyapti. Hozirgaça “Yurakka yöl” aksiyasi böyiça 29 mingta uyga kirilgan, partiya tadbirkorlari kömagida mingga yaqin ehtiyojmand oilalarga amaliy yordam körsatilgan.

Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan ilgari surilgan “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida joylarda aholi muammolarini örganiş va ularni hal etişga qaratilgan işlar davom etmoqda.

Partiya faollari, deputatlar, tadbirkorlar va jamoatçilik vakillari xonadonma-xonadon yurib, tanişuvlar olib boryapti. Jarayon davomida fuqarolarning kundalik hayotdagi muammolari bevosita örganilyapti, ularni imkoni boriça joyida hal etişga harakat qilinyapti.

Ma’lumotlarga köra, “Yurakka yöl” aksiyasi doirasida bir hafta içida:

  • 29 mingta xonadonga kirilgan;
  • 534 ta muammo aniqlangan;
  • 421 tasi joyida hal etilgan.

Qolgan murojaatlar böyiça tegişli işlar bosqiçma-bosqiç davom ettirilayotgani bildirilmoqda.

Şuningdek, loyiha doirasida tadbirkorlar kömagida ehtiyojmand oilalarga ham amaliy yordam körsatilib, mingga yaqin xonadonga turli körinişdagi kömak yetkazilgani aytildi.

Mutasaddilar fikriça, bunday yondaşuv aholi muammolarini joyida aniqlaş va tezkor yeçim topiş imkonini beradi. Eng muhim jihatlardan biri sifatida bevosita muloqot orqali muammolarni “qoğozda emas, real şaroitda” köriş imkoniyati qayd etilmoqda.

Reklama huquqi asosida