Davlat xavfsizlik xizmati Çegara qöşinlari harbiy xizmatçilari tomonidan davlat çegarasini qöriqlaş va uning daxlsizligini ta’minlaşga qaratilgan tezkor-profilaktik tadbirlar davomida noqonuniy holat foş etildi.
Xususan, Sirdaryo daryosining Farğona viloyati Beşariq tumani "Şodiqoziq" MFY hududidan ötuvçi qismi qirğoğida noma’lum şaxslar tomonidan qoldirib ketilgan 4 dona polietilen qop aniqlandi.
Mazkur qoplar xolislar iştirokida közdan keçirilganda, ular içida qöşni davlatdan kontrabanda yöli bilan olib kirilgan jami 48 dona öramda 47 kg 113 gr “gaşiş”, 15 dona öramda 7 kg 779 gr “opiy” giyohvandlik vositalari, şuningdek, 10 710 dona “Lidaza” va 756 dona “Tenoksikam” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.
Aniqlangan barça dalillar protsessual tartibda rasmiylaştirib olindi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatildi.
Hozirda tergov harakatlari doirasida uşbu giyohvand moddalar egalarining şaxsini aniqlaş böyiça zarur çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.

















