Maldivda ispaniyalik 31 yoşli Borha ismli sayyoh akula hujumidan söng oyoğidan ayrildi, deb yozmoqda Daily Mail.

Naşr xabariga köra, u töydan söng asal oyini ötkaziş uçun rafiqasi Anna bilan Maldivga kelgan. Ular sayyohlar guruhi bilan suv ekskursiyasiga çiqişgan. Ekskursiya doirasida sayyohlarga okeanda çömiliş taklif qilingan.

Borha suvda turgan vaqtida unga akula hujum qilgan va oyoğining tizzasidan pastki qismini uzib olgan. Borha zudlik bilan şifoxonaga olib borilgan, uning şikastlangan oyoği kesib taşlangan va qon quyilgan. Uning ahvoli oğirligi aytilmoqda.

Anna sayyohlik kompaniyasini sudga bergan. Annaning fikriça, turmuş örtoği kompaniya e’tiborsizligi qurboniga aylangan.

Ekskursiya baliqni qayta işlaş zavodi yaqinida ötkazilgan va u yerda köplab akulalar suzib yuradi. Zavod ançadan beri baliq çiqindilarini suvga taşlamagani bois oç akulalar Borhaga hujum qilgani aytilmoqda.