Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda 60 metr balandlikdan yiqilgan ayol tirik qoldi
Ruhiy kasallikka chalingan va og‘ir jarohat oqibatlaridan aziyat chekayotgan ayol uyidan chiqib ketgan va qaytmagan. Qutqaruvchilar yordam so‘rab qichqirayotgan ayolni jarlik tubidan topishgan. U shifoxonaga yotqizilgan va ahvoli barqaror deb baholanmoqda.
AQShda balandligi 60 metr bo‘lgan jarlikdan qulagan 49 yoshli ayol tirik qoldi, deb xabar berdi ABC7.
Xabarda aytilishicha, hodisa Kaliforniya shtatidagi Rancho-Kukamongada sodir bo‘lgan. Ruhiy kasallikka chalingan va og‘ir jarohat oqibatlaridan aziyat chekayotgan ayol uyidan chiqib ketgan va qaytib kelmagan.
Oilasi uning yo‘qolgani haqida politsiyaga xabar bergach, qidiruv guruhi tashkil etilgan. Qidiruv ishlariga izquvar itlar ham jalb etilgan.
Notekis yo‘lda yarim kilometr yurib jarlik tomon burilgan qutqaruvchilar ayolning yordam so‘rab qichqirganini eshitishgan.
Ma’lum bo‘lishicha, ayol tik jarlikdan qulagan bo‘lib, jarlik balandligi qariyb 60 metrni tashkil etgan.
Og‘ir jarohatlarga qaramasdan, ayol tirik qolgan. U vertolyot yordamida evakuatsiya qilingan va shifoxonaga yotqizilgan. Ayolning ahvoli barqaror deb baholanmoqda.
Mavzuga oid
13:07 / 24.01.2026
Kaliforniya gubernatori Yevropa siyosatchilarini Trampga nisbatan dadil pozitsiya egallashga chaqirdi
10:35 / 24.10.2025
Olimlar kosmosga 4000 ta oyna joylashtirish rejasiga qarshi chiqdi
07:26 / 05.07.2025
Kaliforniyada o‘rmon yong‘inlari 22 ming gektardan ortiq maydonni qamrab oldi
08:00 / 09.06.2025