AQŞda balandligi 60 metr bölgan jarlikdan qulagan 49 yoşli ayol tirik qoldi, deb xabar berdi ABC7.
Xabarda aytilişiça, hodisa Kaliforniya ştatidagi Ranço-Kukamongada sodir bölgan. Ruhiy kasallikka çalingan va oğir jarohat oqibatlaridan aziyat çekayotgan ayol uyidan çiqib ketgan va qaytib kelmagan.
Oilasi uning yöqolgani haqida politsiyaga xabar bergaç, qidiruv guruhi taşkil etilgan. Qidiruv işlariga izquvar itlar ham jalb etilgan.
Notekis yölda yarim kilometr yurib jarlik tomon burilgan qutqaruvçilar ayolning yordam sörab qiçqirganini eşitişgan.
Ma’lum bölişiça, ayol tik jarlikdan qulagan bölib, jarlik balandligi qariyb 60 metrni taşkil etgan.
Oğir jarohatlarga qaramasdan, ayol tirik qolgan. U vertolyot yordamida evakuatsiya qilingan va şifoxonaga yotqizilgan. Ayolning ahvoli barqaror deb baholanmoqda.











