Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston tumaniga yangi hokim tayinlandi
Rasuljon Jo‘rayev Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani hokimi etib tayinlandi. Tayinlovga qadar u Beshariq tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Foto: Beshariq tumani hokimligi
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumaniga Rasuljon Jo‘rayev hokim etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.
U 1973 yilda Rishton tumanida tug‘ilgan. 2000 yilda Toshkent irrigatsiya va kishlok xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muxandislar institutini tugatgan.
2017 yildan buyon Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanini boshqarib kelayotgandi.
U O‘zbekiston tumaniga 2025 yil martidan buyon rahbarlik qilib kelgan Ravshanbek Begmatov o‘rnini egalladi.