Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘p kvartirali uylarda yashil hududlarni o‘zboshimchalik bilan qisqartirish taqiqlandi
Adliya vazirligi «Ko‘p kvartirali uylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalari»ni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
Foto: Kun.uz
Qoidalarga ko‘ra, ko‘p kvartirali uylar va unga tutash yer uchastkasida quyidagilar taqiqlandi:
- tegishli ruxsatnomasiz daraxtlar va butalarni boshqa joyga ko‘chirib ekish yoki kesish;
- ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarini metall parchalari, qurilish va maishiy va boshqa chiqindilar bilan to‘ldirish;
- daraxtlarga arqon va simlarni bog‘lash, belanchaklar osish, reklama taxtalarini yopishtirish;
- gulzorlar, maysazorlar va yo‘laklarni chiqindilar bilan ifloslantirish;
- ko‘kalamzorlashtirilgan hududlar, bolalar va sport maydonchalari, katta yoshdagi aholining dam olishi, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish uchun mo‘ljallangan joylardan avtoturargoh sifatida foydalanish;
- ko‘kalamzorlashtirilgan hududlarni o‘zboshimchalik bilan qisqartirish (beton yoki boshqalar bilan qoplash);
- yashil o‘simliklar bilan band bo‘lgan maydonlarga har qanday materiallarni to‘plash;
- yashil o‘simliklar yaqinidagi yo‘laklarga yashil o‘simliklar uchun zararli bo‘lgan kimyoviy moddalarni sepish yoki ushbu moddalar bilan sug‘orish.
Mavzuga oid
18:28
Ko‘p kvartirali uylarda bolalar maydonchasi bo‘lishi shartligi belgilandi
12:40 / 22.01.2026
Toshkentning asosiy ko‘chalarida agrotexnik tadbirlar olib borilmoqda
21:25 / 27.12.2025
Endi hokim o‘rinbosari bir vaqtning o‘zida obodonlashtirish boshqarmasiga ham rahbarlik qiladi
09:54 / 29.10.2025