Qoidalarga köra, köp kvartirali uylar va unga tutaş yer uçastkasida quyidagilar taqiqlandi:
- tegişli ruxsatnomasiz daraxtlar va butalarni boşqa joyga köçirib ekiş yoki kesiş;
- köp kvartirali uylarga tutaş yer uçastkalarini metall parçalari, quriliş va maişiy va boşqa çiqindilar bilan töldiriş;
- daraxtlarga arqon va simlarni boğlaş, belançaklar osiş, reklama taxtalarini yopiştiriş;
- gulzorlar, maysazorlar va yölaklarni çiqindilar bilan ifloslantiriş;
- kökalamzorlaştirilgan hududlar, bolalar va sport maydonçalari, katta yoşdagi aholining dam olişi, jismoniy tarbiya maşğulotlari bilan şuğullaniş uçun möljallangan joylardan avtoturargoh sifatida foydalaniş;
- kökalamzorlaştirilgan hududlarni özboşimçalik bilan qisqartiriş (beton yoki boşqalar bilan qoplaş);
- yaşil ösimliklar bilan band bölgan maydonlarga har qanday materiallarni töplaş;
- yaşil ösimliklar yaqinidagi yölaklarga yaşil ösimliklar uçun zararli bölgan kimyoviy moddalarni sepiş yoki uşbu moddalar bilan suğoriş.

















