Foydali | 11:40
5038
9 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda avtomobilni qanday rasmiylashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin?

Avtomobil sotib olingandan so‘ng mashinani notarius orqali rasmiylashtirish va YHXBda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun egasiga 10 kun vaqt beriladi. Muddatni o‘tkazib yuborish yoki OSAGO (majburiy fuqarolik avtosug‘urtasi)siz harakatlanish alohida jarimalarga sabab bo‘ladi. Foydalanilgan avtomobilni rasmiylashtirish 6,5–7 mln so‘m atrofida bo‘ladi: notarius va YHXB xarajatlari. Dilerdan olinganida notarius talab qilinmaydi, elektromobil esa benzinli avtomobillarga nisbatan qariyb ikki baravar arzonroq ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Qanday hujjatlar tayyorlash kerakligi, arizani my.gov.uz orqali qanday topshirish, qaysi holatlarda YHXB ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishi mumkinligi va har bir qoidabuzarlik uchun qancha jarima belgilangani haqida batafsil ma’lumot beramiz.

Foto: Illyustrativ surat / SI

Avtomobilni rasmiylashtirishga nima kiradi?

Avtomobilni rasmiylashtirish u qanday sotib olinganiga bog‘liq. Agar avtomobil yangi bo‘lib, dilerdan sotib olinsa, notarius kerak emas — shartnomani sotuvchi rasmiylashtiradi.

Avtomobilni rasmiylashtirish jarayoni to‘rt bosqichdan iborat:

  1. Kelishuv tuzish (odatda notariusda);
  2. YHXBda ro‘yxatdan o‘tkazish;
  3. Texpasport olish;
  4. Davlat raqami olish.

Hisobga olish IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan amalga oshiriladi.

Notarius qachon kerak bo‘ladi?

Agar avtomobil jismoniy shaxslar o‘rtasida oldi-sotdi qilinsa, shartnomani notarius orqali rasmiylashtirish kerak. Bu hadya qilish va ayirboshlashga ham tegishli.

Quyidagi holatlarda sotib olinganida notarius talab qilinmaydi:

  • avtosalonda, diler yoki trade-in / trade-up dasturi orqali;
  • lizing yoki kredit tashkiloti orqali;
  • foydalanilgan avtomobillar sotuvchi diler orqali;
  • elektron onlayn-auksion orqali.

Birinchi holatda shartnoma notariusda rasmiylashtiriladi, so‘ngra avtomobil YHXBda ro‘yxatga olinadi. Istisnoli holatlarda notarius kerak emas — avtomobilni YHXBda ro‘yxatdan o‘tkazishning o‘zi yetarli.

Avtomobilni notariusda rasmiylashtirish qanchaga tushadi?

Avtomobil oldi-sotdi shartnomasini notariusda rasmiylashtirishda xarajatlar bir nechta majburiy to‘lovlar va xizmatlardan iborat bo‘ladi. Quyidagi jadvalda avtomobilni notarial rasmiylashtirish narxi keltirilgan:

Qanday transport vositalarini YHXBda ro‘yxatdan o‘tkazish kerak

Yo‘l harakatida ishtirok etadigan barcha transport YHXBda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Bularga quyidagilar kiradi:

  • avtomobillar, elektromobillar va gibridlar;
  • mototsikllar va skuterlar;
  • mopedlar;
  • tirkamalar va yarimtirkamalar;
  • maxsustexnika.

Agar transport vositasi 50 km/soatdan yuqori tezlikda harakatlana olsa yoki 50 sm³ dan katta dvigatelga yoxud 4 kVt dan yuqori quvvatli elektr dvigatelga ega bo‘lsa, uni ro‘yxatdan o‘tkazish majburiy. Transport xavfsizlik talablari va texnik me’yorlarga mos bo‘lishi kerak.

Avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish muddati

Avtomobil egasi uni sotib olgan yoki egalik huquqiga ega bo‘lgan paytdan boshlab 10 kalendar kun ichida ro‘yxatdan o‘tkazishi shart.

Buning uchun:

  • YHXBga murojaat qilinadi;
  • avtomobil texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi;
  • kerakli hujjatlar taqdim etiladi

Agar muddatning oxirgi kuni dam olish yoki bayram kuniga to‘g‘ri kelsa, u yaqin ish kuniga ko‘chiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tkazmasdan boshqarganlik uchun jarima miqdori qancha?

Avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarisiz boshqarish ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanadi.

Buning uchun jarima ko‘zda tutilgan — 1 BHM (412 000 so‘m).

Avtomobilni YHXBda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qanday hujjatlar kerak

Avtomobilni YHXBda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun quyidagi hujjatlar kerak:

  • pasport yoki ID;
  • avvalgi egasining texpasporti (agar avto ilgari ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa);
  • egalik huquqi to‘g‘risidagi hujjat — ko‘pincha bu oldi-sotdi shartnomasi bo‘ladi.
  • GBO dalolatnomasi (agar gaz o‘rnatilgan bo‘lsa);
  • boj to‘lovi tasdiqnomasi.

Agar ma’lumotlar sayt yoki ilova orqali yuborilgan bo‘lsa, kvitansiyani olib kelish talab qilinmaydi — tizim to‘lovni avtomatik ravishda ko‘radi.

Agar vakil rasmiylashtirsa

Qo‘shimcha kerak bo‘ladi

  • notarial ishonchnoma;
  • vakilning pasporti.

Yuridik shaxslar uchun:

  • kompaniyaning ro‘yxatdan o‘tish hujjatlari;
  • ishonchnoma yoki rahbarning buyrug‘i;
  • vakilning pasporti.

Avtomobilni YHXBda ro‘yxatdan o‘tkazish qanchaga tushadi?

Avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazishda qanday xarajatlarga tayyor turish kerakligini bilish uchun quyida avtomobilni YHXBda ro‘yxatdan o‘tkazish qiymati to‘lovlar bo‘yicha taqsimlangan holda keltirilgan.

Jami:

yengil avtomobil (benzin): 5 372 480 so‘m

elektromobil: 3 172 400 so‘m

Avtomobilni YHXBda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun arizani qanday topshirish mumkin?

Arizani my.gov.uz portali orqali topshirish mumkin. YHXBga faqat avtomobil ko‘rigi va hujjatlarni olish uchun boriladi.

Ariza onlayn qanday beriladi

  1. Ro‘yxatdan o‘tkazish turini tanlang
  2. Shaxsiy kabinetda “Yangi transport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish” xizmatini tanlang

  1. Ma’lumotlarni kiriting
  2. Hujjatlardagi ma’lumotlarni kiriting: pasport, texpasport va egalik huquqi to‘g‘risidagi hujjat.
  3. Hujjat raqamini ko‘rsating
  4. Tizim avtomobil hujjat raqamini so‘raydi (hisob-varaqa yoki bojxona deklaratsiyasidagi).

  1. Rekvizitlarni oling va to‘lov qiling
  2. Ma’lumotlar to‘ldirilgach, to‘lov miqdori va rekvizitlar keladi.
  3. Ariza YHXBga yuboriladi
  4. To‘lovdan so‘ng ariza avtomatik ravishda YHXB tizimiga yuboriladi.
  5. Avtomobilni ko‘rikka olib keling
  6. 10 kun ichida mashina va hujjatlarning asl nusxasi bilan YHXBga borish kerak.
  7. Ko‘rik va tekshiruv
  8. Xodimlar avtomobil ma’lumotlarini tekshiradi va texnik ko‘rik o‘tkazadi.
  9. Ro‘yxatga olish va hujjatlarni berish
  10. Hammasi mos kelsa, sizga texpasport va raqam belgilari beriladi.

Hujjat raqamini qayerdan olish mumkin?

Ariza topshirishda tizim avtomobil hujjati raqamini kiritishni so‘raydi. Uning manbasi mashinani qanday sotib olganingizga bog‘liq:

  • diler yoki avtosalonda — hisob-varaqa;
  • import qilinganda — bojxona deklaratsiyasi;
  • qo‘ldan sotib olinganda — oldi-sotdi shartnomasi.

Masalan, hisob-varaqada raqam yuqori qismda ko‘rsatilgan — uni ro‘yxatdan o‘tkazishda kiritish kerak.

Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun YHXBga shaxsan murojaat qilish

Onlayn xizmatdan foydalanilmasa, YHXBga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ariza berish mumkin.

Xodim uni joyida to‘ldirgach:

  • boj to‘laysiz;
  • avtomobil ko‘rikdan o‘tkaziladi;
  • texpasport va raqam belgilarini olasiz.

Jarayon my.gov.uz orqali ariza topshirish kabi, lekin navbatlar sababli ko‘p vaqtni oladi.

Qanday hollarda YHXB ro‘yxatga olishni rad etishi mumkin?

Agar hujjatlarda yoki avtomobilda muammolar bo‘lsa, YHXB ro‘yxatga olishni rad etishi mumkin.

Asosiy sabablar:

  • hujjatlar kam yoki ularda xatoliklar bor;
  • avtomobil yoki uning raqami qidiruvga berilgan;
  • mashinaga taqiq qo‘yilgan;
  • VIN yoki raqam agregatlarida muammo bor (mos kelmaydi yoki shikast yetgan);
  • avtomobil xavfsizlik talablariga mos emas (masalan, qayta ishlangan);
  • avtomobil ruli o‘ng tarafda;
  • mashina ilgari foydalanishga yaroqsiz deb ro‘yxatdan chiqarilgan.

Bu holda nima qilish kerak?

Sabab bartaraf qilingach, qayta ariza berish mumkin. Masalan:

  • yetishmayotgan hujjatlarni olib kelish;
  • taqiqdan chiqarish;
  • avtomobil ma’lumotlarini tasdiqlash.

Sug‘urta kerakmi va sug‘urtasiz boshqarganlik uchun jarima qancha?

Barcha avtomobil egalari uchun sug‘urta majburiy. Mashinani notarius va YHXBda sug‘urtasiz rasmiylashtirish mumkin, lekin uni sug‘urtasiz boshqarish mumkin emas. Qoidabuzarlik uchun jarima ko‘zda tutilgan — 1/2 BHM.

Xulosa

  • Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun sotib olinganidan so‘ng 10 kun muhlat beriladi;
  • Foydalanilgan avtomobilni rasmiylashtirish 6,5–7 mln so‘mga tushadi (notarius va YHXB);
  • Arizani my.gov.uz orqali topshirish mumkin, lekin ko‘rik YHXBda o‘tkaziladi;
  • Ro‘yxatdan o‘tkazmasdan minish mumkin emas — jarima 1 BHM;
  • Mashinani sug‘urtasiz rasmiylashtirish mumkin, lekin minish mumkinmas — jarima 1/2 BHM.
Мирзабек Аҳмедов
Tayyorlagan Мирзабек Аҳмедов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid