Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston poytaxtida «Bobur» bog‘i barpo etilmoqda
Islomobod shahrida O‘zbekiston tashabbusi bilan barpo etilayotgan «Bobur» bog‘i qurilishi davom etmoqda. Loyiha kelgusida O‘zbekiston va Pokiston xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va tarixiy rishtalar ramziga aylanishi kutilmoqda.
Foto: Dunyo
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Islomobod shahar ma’muriyati raisi Sohail Ashraf bilan uchrashuv o‘tkazgan.
Muloqot chog‘ida Pokiston poytaxtida qurilayotgan «Bobur» bog‘i va «Toshkent» ko‘chasi loyihalarini takomillashtirish, shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi hududlararo hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilingan.
Pokiston tomoniga 2026 yil iyun oyida O‘zbekistonda Birodarlashgan shaharlar forumi o‘tkazilishi haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek, Islomobod shahri va Toshkent hamda Samarqand shaharlari o‘rtasidagi birodarlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilgan.
Rasmiy muzokaralardan so‘ng tomonlar O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Pokistonga davlat tashrifi doirasida barpo etilishi e’lon qilingan «Bobur» bog‘iga tashrif buyurib, qurilish ishlari bilan tanishgan.
O‘zbekiston elchisi bog‘ qurilishi o‘zbekistonlik dizayner va mutaxassislar nazorati ostida olib borilayotganini ta’kidlagan.
“Hududni yanada ko‘rkam qilish uchun ekologik toza ko‘chatlar ekish va landshaft ishlari amalga oshiriladi. Kelgusida ushbu bog‘ ikki xalq o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik va birodarlik ramziga aylanadi”, — degan elchi.
Islomobod shahar ma’muriyati raisi Sohail Ashraf loyihani yuqori baholab, bunday tashabbus uchun O‘zbekiston rahbariyatiga minnatdorlik bildirgan.
Uning ta’kidlashicha, qurilish ishlari yakunlangach, mazkur bog‘ nafaqat Islomobod, balki butun Pokistondagi eng zamonaviy va go‘zal dam olish maskanlaridan biriga aylanishi mumkin.
Shuningdek, Pokiston tomoni shaharni obodonlashtirish ishlarida o‘zbekistonlik dizayner va loyihachilar bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini ma’lum qilgan.
Tashrif davomida tomonlar Islomobod shahrida barpo etilayotgan «Toshkent» ko‘chasini ham ko‘zdan kechirib, uni zamonaviy shahar ko‘chalaridan biriga aylantirish bo‘yicha istiqboldagi vazifalarni belgilab olgan.
Mavzuga oid
20:31 / 12.04.2026
Islomoboddagi muvaffaqiyatsiz muzokaralar: nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
12:27 / 12.04.2026
AQSh va Eron kelishuvga erisha olmadi
13:31 / 20.02.2026
Islomobodda “Bobur bog‘i” barpo etish masalalari muhokama qilindi
16:09 / 06.02.2026