Ma’lum qilinişiça, Özbekiston elçisi Alişer Töxtayev Islomobod şahar ma’muriyati raisi Sohail Aşraf bilan uçraşuv ötkazgan.
Muloqot çoğida Pokiston poytaxtida qurilayotgan «Bobur» boği va «Toşkent» köçasi loyihalarini takomillaştiriş, şuningdek, ikki davlat örtasidagi hududlararo hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilingan.
Pokiston tomoniga 2026 yil iyun oyida Özbekistonda Birodarlaşgan şaharlar forumi ötkazilişi haqida ma’lumot berilgan. Şuningdek, Islomobod şahri va Toşkent hamda Samarqand şaharlari örtasidagi birodarlik aloqalarini yanada rivojlantiriş masalalari körib çiqilgan.
Rasmiy muzokaralardan söng tomonlar Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Pokistonga davlat taşrifi doirasida barpo etilişi e’lon qilingan «Bobur» boğiga taşrif buyurib, quriliş işlari bilan tanişgan.
Özbekiston elçisi boğ qurilişi özbekistonlik dizayner va mutaxassislar nazorati ostida olib borilayotganini ta’kidlagan.
“Hududni yanada körkam qiliş uçun ekologik toza köçatlar ekiş va landşaft işlari amalga oşiriladi. Kelgusida uşbu boğ ikki xalq örtasidagi mustahkam döstlik va birodarlik ramziga aylanadi”, — degan elçi.
Islomobod şahar ma’muriyati raisi Sohail Aşraf loyihani yuqori baholab, bunday taşabbus uçun Özbekiston rahbariyatiga minnatdorlik bildirgan.
Uning ta’kidlaşiça, quriliş işlari yakunlangaç, mazkur boğ nafaqat Islomobod, balki butun Pokistondagi eng zamonaviy va gözal dam oliş maskanlaridan biriga aylanişi mumkin.
Şuningdek, Pokiston tomoni şaharni obodonlaştiriş işlarida özbekistonlik dizayner va loyihaçilar bilan hamkorlik qilişga tayyor ekanini ma’lum qilgan.
Taşrif davomida tomonlar Islomobod şahrida barpo etilayotgan «Toşkent» köçasini ham közdan keçirib, uni zamonaviy şahar köçalaridan biriga aylantiriş böyiça istiqboldagi vazifalarni belgilab olgan.
Pokiston poytaxtida «Bobur» boği barpo etilmoqda
Islomobod şahrida Özbekiston taşabbusi bilan barpo etilayotgan «Bobur» boği qurilişi davom etmoqda. Loyiha kelgusida Özbekiston va Pokiston xalqlari örtasidagi döstlik va tarixiy riştalar ramziga aylanişi kutilmoqda.












