Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘tkan kunlar»ni ingliz tiliga o‘girgan olim O‘zDJTUga qarshi sudda g‘olib chiqdi
Amerikalik tarjimon va sharqshunos olim Mark Ris (Mark Reese) mualliflik huquqi buzilgani yuzasidan o‘tkazilgan O‘zbekiston sudida g‘alaba qozondi. O‘zDJTU 20 mln 600 ming so‘m tovon to‘laydigan bo‘ldi.
Foto: Adliya vazirligi
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, shu yil aprel oyida olim fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahri, Uchtepa tumanlararo sudiga mualliflik huquqi buzilishi natijasida yetkazilgan zarar yuzasidan tovon puli undirish to‘g‘risidagi da’vo arizasi kiritgan.
Mazkur da’vo arizasi bo‘yicha fuqarolik ishi ko‘rib chiqilib, sudning hal qiluv qaroriga asosan javobgar O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O‘zDJTU) mas’ul xodimi M.Chutpulatovdan da’vogar Mark Ris foydasiga BHM 50 baravari ya’ni 20 million 600 ming so‘m miqdorida tovon undirilishi belgilandi.
Avvalroq, Mark Ris 15 yil davomida ingliz tiliga («Bygone Days» nomi ostida) tarjima qilgan «O‘tkan kunlar» asarining ruxsatsiz elektron shaklda tarqatilayotgani haqida Adliya vazirligiga murojaat qilgan edi. Murojaat asosida Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘rganish o‘tkazilib, aniqlangan huquqbuzarlik bo‘yicha universitet mas’ul xodimiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177¹-moddasi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, sudga yuborildi. Sud qaroriga ko‘ra, mas’ul xodimga 2 million 60 ming so‘m miqdorida jarima belgilangan hamda asarning elektron nusxasini unilibrary.uz tizimidan o‘chirish majburiyati yuklatilgan.
Mavzuga oid
11:53 / 01.04.2026
Sardor Mamadaliyev mualliflik huquqini buzgani uchun jarimaga tortildi
18:02 / 10.03.2026
Britaniyalik 10 ming nafar yozuvchi matnsiz kitob chiqardi
23:21 / 16.01.2026
Vikipediya sun’iy intellekt kompaniyalariga maqolalardan foydalanish huquqini berdi
21:27 / 30.12.2025