Adliya vazirligi xabariga köra, şu yil aprel oyida olim fuqarolik işlari böyiça Toşkent şahri, Uçtepa tumanlararo sudiga mualliflik huquqi buzilişi natijasida yetkazilgan zarar yuzasidan tovon puli undiriş töğrisidagi da’vo arizasi kiritgan.
Mazkur da’vo arizasi böyiça fuqarolik işi körib çiqilib, sudning hal qiluv qaroriga asosan javobgar Özbekiston davlat jahon tillari universiteti (ÖzDJTU) mas’ul xodimi M.Çutpulatovdan da’vogar Mark Ris foydasiga BHM 50 baravari ya’ni 20 million 600 ming söm miqdorida tovon undirilişi belgilandi.
Avvalroq, Mark Ris 15 yil davomida ingliz tiliga («Bygone Days» nomi ostida) tarjima qilgan «Ötkan kunlar» asarining ruxsatsiz elektron şaklda tarqatilayotgani haqida Adliya vazirligiga murojaat qilgan edi. Murojaat asosida Adliya vazirligi tomonidan Özbekiston davlat jahon tillari universitetida örganiş ötkazilib, aniqlangan huquqbuzarlik böyiça universitet mas’ul xodimiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 177¹-moddasi bilan bayonnoma rasmiylaştirilib, sudga yuborildi. Sud qaroriga köra, mas’ul xodimga 2 million 60 ming söm miqdorida jarima belgilangan hamda asarning elektron nusxasini unilibrary.uz tizimidan öçiriş majburiyati yuklatilgan.












