
Ularga Haj safari yöllanmasi joylarda tantanali tarzda topşirilyapti. Bu haqda “Özbekiston 24” telekanali xabar berdi.
Musulmonlar idorasi raisining birinçi örinbosari Homidjon Işmetbekovning sözlariga köra, bepul yöllanma taqdim etilganlar orasida turli soha vakillari bor.
“Yurtimiz, xalqimiz uçun xizmat qilib umrini ötkazgan, loyiq-munosib bölganlardan 100 nafarini muhtaram yurtboşimiz bu yil Haj safariga yuboryapti. Özbekiston Özbekiston bölibdiki, bunaqa voqeani körmagan...
Hajga ketayotganlar orasida oddiy farroşi ham bor, oddiy xizmatçisi ham bor, olimi ham bor, tabibi, vraçi ham bor, eng oğir zamonda diniy sohada işlab ketganlarning yaqinlari bor. Demak, jamiyatimizdagi har soha vakillaridan bor”, – dedi Homidjon Işmetbekov.

Eslatib ötamiz, joriy yilda ham Hajga Özbekistondan 15 ming ziyoratçi yöl olmoqda. 2 maydan 18 mayga qadar Özbekistondagi 9 ta aeroportdan Madinaga parvozlar davom etyapti.
Haj safarining narxi 77 mln söm deb belgilangan.
















