O‘zbekiston | 15:00
1236
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Xitoydan eksklyuziv reportaj: Li Auto yopiq shourumi va kompaniya dizayneri bilan intervyu

Ushbu ko‘rsatuvimizda premium avtosanoat standartlarini o‘zgartirib kelayotgan Li Auto brendining yopiq shourumi bilan tanishdik.

Shourumda avtosanoatni o‘zgartiruvchi modellar — futuristik Li Mega miniveni, shuningdek, sof elektrda harakatlanuvchi Li i6 va Li i8 krossoverlarini sinovdan o‘tkazdik hamda brendning asosiy dizaynerlaridan biri bo‘lgan Sebastiano Russo bilan intervyu oldik.

Shuningdek, kompaniya Pekinda bo‘lib o‘tgan «Auto China 2026» ko‘rgazmasida o‘zining yangi flagmani L9 Livis avtomobilni namoyish etdi. L9 Livis uzunligi 5.3 metrga yetgan, g‘ildiraklar o‘rtasida mexanik bog‘liqlik qolmagan, mashina to‘liq elektron boshqaruvga (steer-by-wire) o‘tgan. 22 dyuymli disklar hamda ikki xil rangli (duotone) dizayn esa yanada jiddiy va premium ko‘rinish bergan.

Kompaniya uchun O‘zbekiston bozori Markaziy Osiyoda strategik ahamiyatga ega hudud sifatida ko‘rilmoqda va bu yerda texnologik, xavfsiz hamda qulay oilaviy mashinalarga talab ortib bormoqda.

Ayni paytda Li Auto O‘zbekistonda rasmiy dilerlik hamkorlari — Toshkentdagi Control Auto va Vector, shuningdek, Samarqanddagi Aster markazlari orqali taqdim etilgan. Bu dilerlik markazlari nafaqat avtomobil sotish, balki sotuvdan keyingi to‘liq xizmatlarni ham qamrab oladi.

Shourum va servis xizmatlari brendning global standartlariga javob beruvchi premium darajadagi mijozlar tajribasini ta’minlaydi. Li Auto — bu shunchaki premium avtomobillar brendi emas, balki aqlli texnologiyalar va mutlaq qulaylik timsolidir. Eng muhimi shuki, endilikda rasmiy xizmatlarning yo‘lga qo‘yilishi bilan ushbu premium segment O‘zbekistondagi keng auditoriya uchun har qachongidan ham yaqinroq, ishonchli va ochiq bo‘lmoqda.

Sayt | Telegram | Instagram


Reklama huquqi asosida

 
 
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid