Uşbu körsatuvimizda premium avtosanoat standartlarini özgartirib kelayotgan Li Auto brendining yopiq şourumi bilan tanişdik.

Şourumda avtosanoatni özgartiruvçi modellar — futuristik Li Mega miniveni, şuningdek, sof elektrda harakatlanuvçi Li i6 va Li i8 krossoverlarini sinovdan ötkazdik hamda brendning asosiy dizaynerlaridan biri bölgan Sebastiano Russo bilan intervyu oldik.

Şuningdek, kompaniya Pekinda bölib ötgan «Auto China 2026» körgazmasida özining yangi flagmani L9 Livis avtomobilni namoyiş etdi. L9 Livis uzunligi 5.3 metrga yetgan, ğildiraklar örtasida mexanik boğliqlik qolmagan, maşina töliq elektron boşqaruvga (steer-by-wire) ötgan. 22 dyuymli disklar hamda ikki xil rangli (duotone) dizayn esa yanada jiddiy va premium köriniş bergan.

Kompaniya uçun Özbekiston bozori Markaziy Osiyoda strategik ahamiyatga ega hudud sifatida körilmoqda va bu yerda texnologik, xavfsiz hamda qulay oilaviy maşinalarga talab ortib bormoqda.

Ayni paytda Li Auto Özbekistonda rasmiy dilerlik hamkorlari — Toşkentdagi Control Auto va Vector, şuningdek, Samarqanddagi Aster markazlari orqali taqdim etilgan. Bu dilerlik markazlari nafaqat avtomobil sotiş, balki sotuvdan keyingi töliq xizmatlarni ham qamrab oladi.

Şourum va servis xizmatlari brendning global standartlariga javob beruvçi premium darajadagi mijozlar tajribasini ta’minlaydi. Li Auto — bu şunçaki premium avtomobillar brendi emas, balki aqlli texnologiyalar va mutlaq qulaylik timsolidir. Eng muhimi şuki, endilikda rasmiy xizmatlarning yölga qöyilişi bilan uşbu premium segment Özbekistondagi keng auditoriya uçun har qaçongidan ham yaqinroq, işonçli va oçiq bölmoqda.

Sayt | Telegram |