Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda 5 mln tup gul bilan festivalga tayyorgarlik ko‘rilmoqda
Namangan shahrida 65-marotaba o‘tkaziladigan Xalqaro gullar festivali oldidan keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda. Festival munosabati bilan shahar va tumanlar ko‘chalariga qariyb 5 million tup mavsumiy gul ekilyapti.
Foto: uzbekistan.travel
Misrning Sada al-Balad nashrining yozishicha, Namangandagi Xalqaro gullar festivali ilk bor 1961 yil avgust oyida tashkil etilgan. 2018 yildan boshlab festival xalqaro maqomga ega bo‘lib, unda turli davlatlardan mehmonlar va ishtirokchilar qatnashib kelmoqda.
Bu yil festival yubiley — 65-marotaba o‘tkaziladi. So‘nggi yillarda mazkur tadbir nafaqat O‘zbekistonda, balki xalqaro miqyosda ham o‘ziga xos brend sifatida tanilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, bu yilgi festival Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilishi ham mumkin. Ayni paytda bir oy ichida eng ko‘p gul ekish bo‘yicha rekord o‘rnatish jarayoni kechmoqda. Ushbu jarayonlar tashkilotning Dubaydagi vakili Kanzi Defravi tomonidan xalqaro talablar asosida kuzatilmoqda.
Xalqaro gullar festivali 24 maydan 12 iyulga qadar davom etadi. Tadbir doirasida gala-konsertlar, dron-shou, avtoparad, ochiq osmon ostidagi simfonik konsert, modalar haftaligi, turli ko‘rgazmalar hamda turizm va investitsiyaga bag‘ishlangan xalqaro forumlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Tashkilotchilarga ko‘ra, shahar ko‘chalariga ekilayotgan rang-barang gullar festival mehmonlarida unutilmas taassurot qoldirishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
08:52 / 13.05.2026
Namangandagi gullar festivali Ginnes rekordlar kitobiga kirishi mumkin
09:22 / 03.05.2026
Toshkent markazidagi ayrim ko‘chalarning bir qismi 11 maygacha yopildi
14:22 / 24.04.2026
Namangan shahri sobiq hokimi ustidan sud boshlandi
09:17 / 04.04.2026