Ta’lim | 08:34
292
2 daqiqa o‘qiladi

Xorijdagi yoshlar uchun xalqaro o‘zbek tili olimpiadasi tashkil etiladi

O‘zbekistonda Alisher Navoiy nomidagi xalqaro o‘zbek tili olimpiadasi yo‘lga qo‘yiladi. Unda xorijda yashovchi 14–18 yoshli vatandosh maktab o‘quvchilari yakka yoki jamoaviy tarzda ishtirok etishi mumkin.

Hukumatning 2026 yil 18 maydagi 250-son qarori bilan “Alisher Navoiy nomidagi xalqaro o‘zbek tili olimpiadasini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, xalqaro olimpiada har yili oktabr oyigacha ikki bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqich test sinovlari, ikkinchi bosqich esa yozma ish shaklida tashkil etiladi.

Ishtirokchilar oflayn yoki onlayn tarzda, jamoaviy yoxud yakka holda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Xorijiy davlatlar terma jamoalari tarkibi 6 nafargacha ishtirokchi va 1 nafar jamoa rahbaridan iborat bo‘ladi. Shuningdek, bir davlatdan uchtagacha terma jamoa qatnashishiga ruxsat beriladi.

Birinchi bosqichda ishtirokchilar 50 ball bilan baholanadigan 30 ta test topshiriqlarini bajaradi.

Ikkinchi bosqichda esa Hakamlar hay’ati tomonidan taklif etilgan beshtagacha esse mavzusi orasidan qur’a orqali tanlangan bitta mavzu bo‘yicha ijodiy ish yoziladi.

Olimpiada g‘olib va sovrindorlari oltin, kumush va bronza medallari, diplomlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid