Hukumatning 2026 yil 18 maydagi 250-son qarori bilan “Alişer Navoiy nomidagi xalqaro özbek tili olimpiadasini taşkil etiş va ötkaziş tartibi töğrisida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga köra, xalqaro olimpiada har yili oktabr oyigaça ikki bosqiçda ötkaziladi. Birinçi bosqiç test sinovlari, ikkinçi bosqiç esa yozma iş şaklida taşkil etiladi.
Iştirokçilar oflayn yoki onlayn tarzda, jamoaviy yoxud yakka holda qatnaşiş imkoniyatiga ega böladi.
Xorijiy davlatlar terma jamoalari tarkibi 6 nafargaça iştirokçi va 1 nafar jamoa rahbaridan iborat böladi. Şuningdek, bir davlatdan uçtagaça terma jamoa qatnaşişiga ruxsat beriladi.
Birinçi bosqiçda iştirokçilar 50 ball bilan baholanadigan 30 ta test topşiriqlarini bajaradi.
Ikkinçi bosqiçda esa Hakamlar hay’ati tomonidan taklif etilgan beştagaça esse mavzusi orasidan qur’a orqali tanlangan bitta mavzu böyiça ijodiy iş yoziladi.
Olimpiada ğolib va sovrindorlari oltin, kumuş va bronza medallari, diplomlar hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlanadi.











