Ta’lim | 15:00
634
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Al-Jabr maktabida filiallararo “Zakovat” bellashuvi o‘tkazildi

Al-Jabr xalqaro maktabida Sebzor va Yunusobod filiallari o‘quvchilari o‘rtasida an’anaviy “Zakovat” bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Maktabda uch yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan ushbu tadbir o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ilmga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda bilim va ijod uyg‘unligini rivojlantirishni maqsad qilgan.


Bellashuv Chilonzor filialida tashkil etildi. Unda Sebzor va Yunusobod filiallarining 5–8-sinf o‘quvchilari ishtirok etdi. Chilonzor filiali o‘quvchilari esa sahna ko‘rinishlari orqali tadbirda qatnashdi.

Musobaqa doirasida o‘quvchilar matematika, fizika, IT va ingliz tili fanlari bo‘yicha maxsus tayyorlangan test sinovlarini topshirdi. Bellashuv avvalgi yillardan farqli ravishda to‘liq elektron platforma orqali tashkil etilib, ishtirokchilar natijalari test yakunlangach darhol kompyuter tizimi orqali namoyish etildi.

Tadbirning muhim jihatlaridan biri — ishtirokchilarning qur’a asosida tanlab olingani bo‘ldi. Har bir sinf o‘quvchilari ikki yo‘nalishga bo‘lindi: bir qismi bilim sinovlarida qatnashgan bo‘lsa, yana bir qismi sahna ko‘rinishlarida ishtirok etdi. Kim qaysi yo‘nalishda qatnashishi esa tadbirdan bir kun oldin aniqlashtirilgan.

Bu esa barcha o‘quvchilarning birdek tayyorgarlik ko‘rishiga xizmat qildi. O‘quvchilar nafaqat fanlar bo‘yicha bilimlarini namoyon etdi, balki sahna chiqishlari orqali jamoada ishlash, erkin fikr bildirish va ijodiy yondashuv ko‘nikmalarini ham ko‘rsatdi.

Al-Jabr xalqaro maktabi rahbari Matluba Karaxodjayevaning ta’kidlashicha, filiallararo bellashuvlardan asosiy maqsad qaysidir filialning ustun yoki sust ekanini aniqlash emas, balki barcha filiallar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishdan iborat.

“Bu faqat o‘quvchilar uchun emas, ustozlar uchun ham sog‘lom raqobat muhitini yaratadi. Bizning maqsadimiz qaysidir filial kuchli yoki kuchsiz ekanini ko‘rsatish emas. Barcha filiallar teng raqobat muhitida rivojlanishi kerak”, — deydi maktab rahbari.

Uning ta’kidlashicha, yildan yilga musobaqa formati ham takomillashib bormoqda. Agar avvalgi yillarda o‘quvchilar topshiriqlarni qo‘lda bajargan bo‘lsa, bugungi kunda test jarayonlari raqamlashtirilib, natijalar avtomatik tarzda shakllantirilmoqda.

Bellashuv davomida yana bir jihat e’tibor qaratdi — sahna ko‘rinishlari va ijodiy chiqishlar o‘quvchilar test ishlayotgan paytga to‘g‘ri keltirildi. Maktab rahbari buni o‘quvchilarda diqqatni jamlash va turli vaziyatlarda bilimini namoyon eta olish ko‘nikmasini shakllantirish maqsadi bilan izohladi.

“Har bir bola o‘z konsentratsiyasini boshqarishni bilishi kerak. Bilimli inson har qanday vaziyatda ham o‘z salohiyatini namoyon qila oladi”, — deydi Matluba Karaxodjayeva.

Tadbirda ota-onalar ham bevosita ishtirok etib, farzandlarining bilim darajasi, faolligi va jamoada ishlash qobiliyatini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Bellashuv faqat test sinovlari bilan cheklanib qolmadi. O‘quvchilar sahnada o‘z kelajagi, oldiga qo‘ygan maqsadlari va erishmoqchi bo‘lgan yutuqlari haqida ham so‘z yuritdi. Bu esa ularda nafaqat o‘ziga bo‘lgan ishonchni, balki mas’uliyat hissini ham mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Tadbir yakunida ishtirokchilar va ota-onalarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Maktab ma’muriyatiga ko‘ra, bu kabi loyihalar orqali o‘quvchilarning salohiyatini yuzaga chiqarish, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish hamda bilimli va maqsadli yoshlarni tarbiyalash ko‘zlangan.

Telefon: +99855 500 8485

Ro‘yxatdan o‘tish uchun: forms.amocrm.ru/rwrcmtd

Instagram: instagram.com/al_jabruz/

Telegram: t.me/aljabrmaktabi

Reklama huquqi asosida

Фазлиддинбек Раҳмоналиев
Tayyorlagan Фазлиддинбек Раҳмоналиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid