Al-Jabr xalqaro maktabida Sebzor va Yunusobod filiallari öquvçilari örtasida an’anaviy “Zakovat” bellaşuvi bölib ötdi. Maktabda uç yildan buyon ötkazib kelinayotgan uşbu tadbir öquvçilar örtasida soğlom raqobat muhitini şakllantiriş, ilmga bölgan qiziqişni oşiriş hamda bilim va ijod uyğunligini rivojlantirişni maqsad qilgan.
Bellashuv Chilonzor filialida tashkil etildi. Unda Sebzor va Yunusobod filiallarining 5–8-sinf o‘quvchilari ishtirok etdi. Chilonzor filiali o‘quvchilari esa sahna ko‘rinishlari orqali tadbirda qatnashdi.

Musobaqa doirasida öquvçilar matematika, fizika, IT va ingliz tili fanlari böyiça maxsus tayyorlangan test sinovlarini topşirdi. Bellaşuv avvalgi yillardan farqli ravişda töliq elektron platforma orqali taşkil etilib, iştirokçilar natijalari test yakunlangaç darhol kompyuter tizimi orqali namoyiş etildi.
Tadbirning muhim jihatlaridan biri — iştirokçilarning qur’a asosida tanlab olingani böldi. Har bir sinf öquvçilari ikki yönalişga bölindi: bir qismi bilim sinovlarida qatnaşgan bölsa, yana bir qismi sahna körinişlarida iştirok etdi. Kim qaysi yönalişda qatnaşişi esa tadbirdan bir kun oldin aniqlaştirilgan.

Bu esa barça öquvçilarning birdek tayyorgarlik körişiga xizmat qildi. Öquvçilar nafaqat fanlar böyiça bilimlarini namoyon etdi, balki sahna çiqişlari orqali jamoada işlaş, erkin fikr bildiriş va ijodiy yondaşuv könikmalarini ham körsatdi.
Al-Jabr xalqaro maktabi rahbari Matluba Karaxodjayevaning ta’kidlaşiça, filiallararo bellaşuvlardan asosiy maqsad qaysidir filialning ustun yoki sust ekanini aniqlaş emas, balki barça filiallar örtasida soğlom raqobat muhitini şakllantirişdan iborat.

“Bu faqat öquvçilar uçun emas, ustozlar uçun ham soğlom raqobat muhitini yaratadi. Bizning maqsadimiz qaysidir filial kuçli yoki kuçsiz ekanini körsatiş emas. Barça filiallar teng raqobat muhitida rivojlanişi kerak”, — deydi maktab rahbari.
Uning ta’kidlaşiça, yildan yilga musobaqa formati ham takomillaşib bormoqda. Agar avvalgi yillarda öquvçilar topşiriqlarni qölda bajargan bölsa, bugungi kunda test jarayonlari raqamlaştirilib, natijalar avtomatik tarzda şakllantirilmoqda.












