Iqtisodiyot | 11:46
1415
2 daqiqa o‘qiladi

500 ming so‘mlik yangi banknot haqidagi xabarlar asossiz - Markaziy bank

Markaziy bank ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan 500 ming so‘mlik yangi banknot muomalaga chiqarilishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Regulyatorga ko‘ra, mazkur ma’lumot asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. “Bugungi kunda yangi pul belgisini muomalaga chiqarish masalasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ko‘zda tutilmagan”, deyiladi MB izohida.

Foto: Markaziy bank

Bir qator ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda 500 ming so‘mlik kupyura chiqarilishi va ularda Mirzo Ulug‘bek surati tushirilishi haqida xabarlar tarqaldi.

Regulyatorning qayd etilishicha, mazkur ma’lumot asossiz bo‘lib, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

“Bugungi kunda yangi pul belgisini muomalaga chiqarish masalasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ko‘zda tutilmagan”, deyiladi MB izohida.

Ma’lumot uchun, “Markaziy bank to‘g‘risida"gi qonunining 39-moddasiga asosan O‘zbekistonda pul belgilarining nominal qiymati regulyator tomonidan belgilanadi.

Mazkur qonunning 40-moddasiga muvofiq, Markaziy bank mamlakat hududida qonuniy to‘lov vositasi sifatida banknotlar va tangalar ko‘rinishidagi pul belgilarini muomalaga chiqarishda mutlaq xuquqqa ega hisoblanadi. Yangi pul belgilarini Senat ma’qullanganidan so‘ng Markaziy bank yangi pul belgisi tavsifi va uning muomalaga chiqarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi.

 

Достон Аҳроров
Tayyorlagan Достон Аҳроров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid