Bir qator ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda 500 ming sömlik kupyura çiqarilişi va ularda Mirzo Uluğbek surati tuşirilişi haqida xabarlar tarqaldi.

Regulyatorning qayd etilişiça, mazkur ma’lumot asossiz bölib, haqiqatga töğri kelmaydi.

“Bugungi kunda yangi pul belgisini muomalaga çiqariş masalasi Özbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan közda tutilmagan”, deyiladi MB izohida.

Ma’lumot uçun, “Markaziy bank töğrisida"gi qonunining 39-moddasiga asosan Özbekistonda pul belgilarining nominal qiymati regulyator tomonidan belgilanadi.

Mazkur qonunning 40-moddasiga muvofiq, Markaziy bank mamlakat hududida qonuniy tölov vositasi sifatida banknotlar va tangalar körinişidagi pul belgilarini muomalaga çiqarişda mutlaq xuquqqa ega hisoblanadi. Yangi pul belgilarini Senat ma’qullanganidan söng Markaziy bank yangi pul belgisi tavsifi va uning muomalaga çiqarilişi töğrisidagi ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi.