Qurbon hayiti munosabati bilan ehtiyojmand aholi qöllab-quvvatlanadi. Adliya, IIV va Toğ-kon sanoati vazirligi davlat boşqaruvidagi eng ilğor idoralar deb topildi. Navoiy viloyati, Xatirçi tumanida sel oqibatlarini bartaraf etiş işlari boşlandi. Internetda 500 ming sömlik yangi banknota haqida feyk xabarlar tarqaldi. Kunning muhim yangiliklari bilan taniştiramiz.

Qurbon hayiti munosabati bilan ehtiyojmand aholi qöllab-quvvatlanadi

Prezident Şavkat Mirziyoyev Qurbon hayiti munosabati bilan ehtiyojmand aholini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qöllab-quvvatlaş yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanişdi.

Takliflarga köra, Qurbon hayiti munosabati bilan keng kölamli tadbirlarni amalga oşiriş nazarda tutilmoqda. Jumladan, oğir va nogironlikni keltirib çiqaruvçi kasalliklarga çalingan 10 ming nafar bolada jarrohlik amaliyoti ötkaziş, 2,3 ming nafar onkologik, gematologik va onkogematologik taşxis qöyilgan bemorlarni tibbiy tekşiruvdan ötkaziş, davolaş va jarrohlik amaliyotlari, şuningdek, kamida 350 nafar bemorda jigar va buyrak transplantatsiyasi amaliyotini ötkaziş xarajatini qoplaş közda tutilgan.

8 ming nafardan ziyod yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bola hamda Vatanni himoya qiliş yölida qurbon bölgan ota-ona farzandlarining omonat hisobvaraqlariga 200 AQŞ dollari miqdorida pul mablaği ötkaziladi. Davlat ta’minotidagi oilalar, özgalar parvarişiga muhtoj bölgan yolğiz yaşovçi hamda yolğiz keksalar va nogironligi bölgan şaxslar oziq-ovqat töplami bilan ta’minlanadi. Mazkur çora-tadbirlar “Vaqf” xayriya jamoat fondiga ajratiladigan 690 milliard söm mablağ hisobidan moliyalaştiriladi.

Adliya, IIV va Toğ-kon sanoati vazirligi davlat boşqaruvidagi eng ilğor idoralar deb topildi

Prezident iştirokida bölib ötgan tadbirda