Foydali | 13:00
975
4 daqiqa o‘qiladi

Startapga qancha investitsiya jalb qilish mumkin?

Tadbirkorlar va asoschilar oldida tanlov bor: startapnishaxsiy mablag‘lar hisobidan rivojlantirish yoki tashqikapital jalb qilish. Rivojlanish tezligi shunga bog‘liq.Biz O‘zbekistondagi yirik venchur fondlarning barcha raundlarini tahlil qilib, qaysi fond startapga ko‘proq investitsiya kiritishi, kimga murojaat qilish kerakligi va qancha mablag‘ jalb qilish mumkinligi borasida umumiy manzarani shakllantirdik. Ma’lumotlar ayni paytda o‘zbek startapining portreti bo‘yicha so‘rov o‘tkazayotgan Stanbase’dan olingan.

Har bir fond nechta raund yopdi ?

Image

127 ta raunddan 80 tasi pre-seed, 42 tasi seed, 4 tasi Series A bosqichiga to‘g‘ri keldi va 1 ta raundda seriya ko‘rsatilmagan. Demak, bugungi kunda O‘zbekiston venchur bozorining asosiy bosqichi pre-seed hisoblanadi.

Qaysi fond pre-seed-startapga mos keladi?

O‘nta fonddan sakkiztasi pre-seed’da ishlaydi. Quyidagilar boshqalarga nisbatan faol:

     Aloqa Ventures: 36 raund, median chek $20 ming, diapazon $10 dan $300 minggacha

     IT Park Ventures: 17 raund, median chek $50 ming, diapazon $5 dan $150 minggacha

     UzVC: 7 raund, median chek $100 ming, diapazon $30 dan $150 minggacha

     Yoshlar Ventures: 7 raund, median chek $30 ming, barchasi O‘zbekistonda.

     CS//Angels: 6 raund, median chek $36 ming

     UC Ventures: 3 raund, median chek $100 ming

Agar startap eng dastlabki bosqichda bo‘lib, $15–30 ming so‘rasa, ro‘yxatdagi deyarli har qanday fond mos keladi. Agar asoschi pre-seed bosqichidayoq $100 ming so‘rasa, unda asosiy murojaat qilinadigan fondlar UzVC va UC Ventures bo‘ladi, kamroq hollarda esa Aloqa va IT Park’ning yuqori diapazoni mos keladi.

Oltita fond seed’da faol. Bu bosqichdagi cheklar orasida tafovut katta.

Image

Aloqa va IT Park keng diapazonda ko‘plab seed bitimlarini amalga oshiradi. SQB Ventures faqat seed bosqichida ishlaydi: fondning barcha 5 ta raundi shu bosqichga to‘g‘ri keladi. UC Ventures va United Ventures kattaroq cheklar ajratadi, ammo bitimlar soni kamroq.

Tanlovdagi eng yirik seed-bitim: HeRo Study (Qozog‘iston), 2024 yil oktyabrda UC Ventures tomonidan kiritilgan $1,7 mln investitsiya.

Series A’ni kim yopadi?

Tanlovda bor-yo‘g‘i 4 raund Series A bor va ular ikkita fondga to‘g‘ri keladi:

     Royaltaxi, $1 mln, Aloqa Ventures, dekabr 2025

     Smartup, $500 ming, Aloqa Ventures, noyabr 2025

     Smartup, $1 mln, IT Park Ventures, fevral 2026

     Flexsoft, $1 mln, IT Park Ventures, iyun 2025

O‘zbekistonda Series A bosqichidagi chek hajmi $0,5–1 mln diapazonida saqlanib turibdi. Series Ada ishtirok etgan boshqa mahalliy fondlar haqida ma’lumot yo‘q.

Qisqacha

     O‘zbekistonda kamida 10 ta venchur fond faoliyat yuritadi. 2022 yildan 2026 yil apreligacha ular ochiqlangan cheklar bo‘yicha umumiy qiymati $16,11 mln bo‘lgan 127 ta raundni qayd etgan.

     127 ta raunddan 80 tasi pre-seed, 42 tasi seed, 4 tasi Series A.

     Pre-seed bosqichida bitimlar soni bo‘yicha eng faol fond — Aloqa Ventures: 36 ta raund, median chek — $20 ming. Shuningdek, pre-seed bosqichida UzVC va UC Ventures kattaroq cheklar ajratadi — median hisobda $100 ming.

     Seed bosqichida oltita fond ishlaydi. Median cheklar $88 mingdan (UzVC) $300 minggacha (UC Ventures, United Ventures).

     O‘zbekistonda Series A bosqichida faqat Aloqa Ventures va IT Park Ventures bitimlarni yopadi. Chek hajmi $0,5–1 mln.

Асал Равшанова
Muallif Асал Равшанова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid