Jahon | 12:39
869
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda maktab bitiruv kechalarini restoran va  kafelarda o‘tkazish taqiqlandi

Yangi qoidalarga ko‘ra, ota-onalar va o‘quvchilardan pul mablag‘larini yig‘ish, shuningdek, bitiruv tadbirlari munosabati bilan sovg‘alar va boshqa moddiy boyliklarni talab qilish taqiqlanadi. Attestat va diplomlarni topshirish marosimlari faqat ta’lim tashkilotlari binosida tashkil etiladi.  

Qozog‘istonda maktabgacha, o‘rta, texnik va kasb-hunar, shuningdek, o‘rtadan keyingi ta’lim tashkilotlarining bitiruv tadbirlarini restoranlar, kafelar, banket zallari, dam olish maskanlari va tabiat qo‘ynida o‘tkazish taqiqlandi. Bu haqda mamlakat Ta’lim vazirligi ma’lum qildi.

Yangi qoidalarga ko‘ra, ota-onalar, qonuniy vakillar va o‘quvchilardan pul mablag‘larini yig‘ish, shuningdek, bitiruv tadbirlari munosabati bilan sovg‘alar va boshqa moddiy boyliklarni talab qilish mumkin emas. Attestat va diplomlarni topshirish marosimlari faqat ta’lim tashkilotlari binosida tashkil etiladi.

Qayd etilishicha, bunday yondashuv bitiruv tadbirlarini o‘tkazishda xavfsizlik va jamoat tartibini ta’minlash, shuningdek, ta’lim tashkilotlarida "Qonun va tartib" mafkurasini mustahkamlashga qaratilgan.

Ma’lumot uchun, o‘quv yilida Qozog‘iston maktablarida 3,9 million o‘quvchi, jumladan, 215 ming nafar 11-sinf bitiruvchilari tahsil olgan.

Достон Аҳроров
Tayyorlagan Достон Аҳроров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid