Qozoğistonda maktabgaça, örta, texnik va kasb-hunar, şuningdek, örtadan keyingi ta’lim taşkilotlarining bitiruv tadbirlarini restoranlar, kafelar, banket zallari, dam oliş maskanlari va tabiat qöynida ötkaziş taqiqlandi. Bu haqda mamlakat Ta’lim vazirligi ma’lum qildi.

Yangi qoidalarga köra, ota-onalar, qonuniy vakillar va öquvçilardan pul mablağlarini yiğiş, şuningdek, bitiruv tadbirlari munosabati bilan sovğalar va boşqa moddiy boyliklarni talab qiliş mumkin emas. Attestat va diplomlarni topşiriş marosimlari faqat ta’lim taşkilotlari binosida taşkil etiladi.

Qayd etilişiça, bunday yondaşuv bitiruv tadbirlarini ötkazişda xavfsizlik va jamoat tartibini ta’minlaş, şuningdek, ta’lim taşkilotlarida "Qonun va tartib" mafkurasini mustahkamlaşga qaratilgan.

Ma’lumot uçun, öquv yilida Qozoğiston maktablarida 3,9 million öquvçi, jumladan, 215 ming nafar 11-sinf bitiruvçilari tahsil olgan.