Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Beshqozon 27 yilligi munosabati bilan festival va yosh oshpazlar o‘rtasida birinchi osh chempionatini o‘tkazdi: g‘olib Haval M6 avtomobilini qo‘lga kiritdi
Foto: Beshqozon
23–24 may kunlari Toshkentda Beshqozon brendining 27 yilligiga bag‘ishlangan festival va osh chempionati bo‘lib o‘tdi. Tadbir Beshqozon Teleminora filiali yonidagi Yunusobod sport majmuasi hududida tashkil etildi va gastronomik festival, yosh oshpazlar o‘rtasidagi professional musobaqa, konsert dasturi, milliy o‘yinlar, hamkorlar zonalari va mehmonlar uchun turli faolliklarni birlashtirdi.
Ikki kun davomida maydonda fud-zonalar ishladi, artistlar chiqishlari, DJ-setlar, musiqiy dasturlar, sovrinli o‘yinlar va yosh oshpazlar o‘rtasidagi birinchi osh chempionati finali bo‘lib o‘tdi. Konsert dasturida O‘zbekiston xalq artistlari Sevara Nazarxon va afsonaviy «Yalla» guruhi solisti Farrux Zokirov ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirda musiqiy bendlar, blogerlar, OAV vakillari va turli hududlardan kelgan mehmonlar qatnashdi.

Festival va chempionatning asosiy g‘oyalaridan biri «O‘zbekiston – osh ekspertlari mamlakati» shiori bo‘ldi. Mehmonlar uchun «Osh eksperti» maqomidagi maxsus kirish bilakuzuklar tayyorlandi. Finalchilar

Beshqozon tomonidan «Osh fanlari doktori», professional hakamlar «Osh fanlari akademigi», boshqa ishtirokchilar esa «Osh fanlari nomzodi» ramziy maqomiga ega bo‘ldi. Bu g‘oya O‘zbekistonda osh shunchaki taom emas, balki madaniy kod, ta’m, an’ana va mahorat maktabi ekanini ko‘rsatdi.
Festivalning asosiy voqeasi 30 yoshgacha bo‘lgan, Toshkentdagi osh markazlari va restoranlarda faoliyat yurituvchi yosh professional oshpazlar o‘rtasidagi birinchi osh chempionati bo‘ldi. Ishtirokchilar o‘zbek oshining eng taniqli turlaridan biri – haqiqiy Toshkent to‘y oshini tayyorlash bo‘yicha bellashdi.

Musobaqada ishtirok etish uchun takliflar poytaxtdagi ko‘plab mashhur osh markazlari va restoranlarga yuborildi. Chempionatda o‘z mahoratini hakamlar va tomoshabinlar oldida namoyish etishga tayyor bo‘lgan yosh oshpazlar ishtirok etdi.

Ishtirokchilarni 11 nafar hakam baholadi. Ular orasida professional oshpazlar, taniqli shaxslar, olimpiada chempioni Bahodir Jalolov, jahon chempioni Isroil Madrimov, shuningdek, O‘zbekiston xalq artisti Abbos Qosimov bor edi. E’tiborlisi, 12 ovoz sifatida tadbir mehmonlarining bahosi ham “Xalq bahosi” sifatida inobatga olindi va g‘olibni aniqlashda muhim rol o‘ynadi.

Birinchi o‘rinni Oʻzbekfilm Osh Markazi oshpazi Fayzullayev Dilshodbek egalladi. U Beshqozon’ning birinchi osh chempioniga aylandi va bosh sovrin – Haval M6 avtomobilini qo‘lga kiritdi.
Ikkinchi o‘rinni Moʻxriddin Osh Markazi oshpazi Shotursunov Sa’dullo egalladi va iPhone 17 Pro Max bilan taqdirlandi. Uchinchi o‘rin Chustiy Osh Maskani oshpazi Jo‘rayev Avazxonga nasib etdi. Unga muzlatkich, gaz plitasi va televizordan iborat maishiy texnika to‘plami topshirildi.
Saralash bosqichlarida ishtirok etgan, ammo finalga chiqa olmagan qolgan 9 nafar oshpaz ham sovg‘asiz qolmadi — ularning har biri televizor bilan taqdirlandi. Beshqozon tashkilotchilari uchun barcha ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatlash va yosh oshpazlar mehnatiga hurmat ko‘rsatish muhim ekani ta’kidlandi.
Bundan tashqari, chempionat ishtirokchilari festival hamkori Yandex Go Taomlar tomonidan maxsus nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi. Ular orasida «Ziravorlar mohiri», «Taqdimot ustasi», «Ta’m ustasi» kabi nominatsiyalar bo‘lib, ular yosh oshpazlar mahoratining turli jihatlarini namoyon etdi.

Festivalda hamkorlar ham alohida o‘rin tutdi. Coca-Cola «Birga mazaliroq» zonasini tashkil etdi. Bu yerda mehmonlar bistro formatida osh tanovul qilish, futbol va milliy o‘yinlarda qatnashish, o‘zaro bellashish va sovrinlar yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Haval chempionat bosh sovrini hamkori sifatida g‘olib uchun Haval M6 avtomobilini taqdim etdi, shuningdek, festival mehmonlari uchun turli sovrinli o‘yinlar o‘tkazdi.
Yandex Go Taomlar festivalning bosh hamkorlaridan biri bo‘ldi. Brendning chill-zonasida mehmonlar dam olish, stol tennisi o‘ynash yoki fotobudkada suratga tushish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Centrum Air mehmonlar o‘rtasida O‘zbekiston bo‘ylab ichki aviareyslar uchun 10 ta chiptani o‘ynatdi.
Jo‘ja mehmonlarga o‘zining tovuq mahsulotlarini degustatsiya uchun taqdim etdi. Shuningdek, festival doirasida Jo‘ja va Beshqozon yangi taom – Jo‘ja Osh tovuqli oshining sotuviga start berdi. Bu kollaboratsiya Beshqozon menyusini rivojlantirishda muhim gastronomik yangilik va yangi yo‘nalish bo‘ldi.

Festivalda Yaproq by Beshqozon – donarga ixtisoslashgan turk oshxonasi restoranining rebrendingi ham taqdim etildi. Brend ilk bor menyudagi yangi tovuqli taomlarini namoyish qildi. Beshqozon Group’da ta’kidlanishicha, Yaproq by Beshqozon guruhning gastronomiya sohasidagi yangi standartiga aylanishi kutilmoqda.

Ikki kunlik tadbir yakunida Beshqozon mamlakatning asosiy gastronomik brendlaridan biri sifatidagi maqomini yanada mustahkamladi va osh katta shahar tadbirining asosi bo‘la olishini ko‘rsatdi. Tashkilotchilar festival va chempionatni o‘zbek oshini ommalashtirish hamda yosh oshpazlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yillik maydon sifatida rivojlantirishni rejalashtirmoqda.
Beshqozon haqida
Beshqozon – aylanma hajmi bo‘yicha O‘zbekistondagi eng yirik osh markazlari tarmog‘i va mamlakatda hamda uning tashqarisida eng taniqli osh brendlaridan biri. Brendga bo‘lgan xalqaro qiziqish gastronomik nashrlardagi materiallar, sayyohlar sharhlari va tanqidchilar fikrlari bilan tasdiqlanadi.
Beshqozon’ning Yunusobod tumanida, teleminora yonida joylashgan filiali «O‘rta Osiyo osh markazi» sifatida tanilgan va tarmoqning eng mashhur nuqtalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Har kuni Beshqozon nuqtalariga 10 mingdan ortiq mehmon tashrif buyuradi. Ular orasida Toshkent aholisi, O‘zbekiston hududlaridan kelgan mehmonlar va xorijiy sayyohlar bor. Tarmoq ma’lumotlariga ko‘ra, yil davomida tayyorlanadigan osh porsiyalari hajmi bo‘yicha Beshqozon dunyodagi yetakchi osh markazlari qatorida turadi.
27 yil davomida brend Toshkent gastronomik madaniyatining muhim qismiga aylandi va har yili millionlab mehmonlarni qabul qiladi. 20 may kuni Beshqozon milliy gastronomiyani rivojlantirish, osh brendini ommalashtirish hamda sifat va xizmat ko‘rsatishning yuqori standartlarini joriy etgani uchun Brand Awards International 2026 mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Rivojlanishning navbatdagi bosqichi yangi filial – Beshqozon Fargʻona yoʻli ochilishi bo‘ladi. U Toshkent shahri, A. Furqat ko‘chasi, 3A manzilida, «Risovyy» bozori yaqinida joylashadi. Yangi obekt tarmoqning 5-filiali bo‘lib, brendning kengayish strategiyasini davom ettiradi.
Beshqozon filiallari quyidagi manzillarda joylashgan:
Beshqozon Glinka – Glinka ko‘chasi, 41A;
Beshqozon Ko‘kcha – Sherozi ko‘chasi, 43;
Beshqozon Sergeli – Sergeli-VIII mavzesi, 3B;
Beshqozon Teleminora – Iftixor ko‘chasi, 1.
Telefon: (+998) 71−200−94−44
Sayt: beshqozon.uz
Instagram: @beshqozon
Yetkazib berish Telegram-boti: t.me/BeshqozonBot
Reklama huquqi asosida