23–24 may kunlari Toşkentda Beshqozon brendining 27 yilligiga bağişlangan festival va osh çempionati bölib ötdi. Tadbir Beshqozon Teleminora filiali yonidagi Yunusobod sport majmuasi hududida taşkil etildi va gastronomik festival, yoş oşpazlar örtasidagi professional musobaqa, konsert dasturi, milliy öyinlar, hamkorlar zonalari va mehmonlar uçun turli faolliklarni birlaştirdi.
Ikki kun davomida maydonda fud-zonalar işladi, artistlar çiqişlari, DJ-setlar, musiqiy dasturlar, sovrinli öyinlar va yoş oşpazlar örtasidagi birinçi osh çempionati finali bölib ötdi. Konsert dasturida Özbekiston xalq artistlari Sevara Nazarxon va afsonaviy «Yalla» guruhi solisti Farrux Zokirov iştirok etdi. Şuningdek, tadbirda musiqiy bendlar, blogerlar, OAV vakillari va turli hududlardan kelgan mehmonlar qatnaşdi.

Festival va çempionatning asosiy ğoyalaridan biri «Özbekiston – osh ekspertlari mamlakati» şiori böldi. Mehmonlar uçun «Osh eksperti» maqomidagi maxsus kiriş bilakuzuklar tayyorlandi. Finalçilar

Beshqozon tomonidan «Osh fanlari doktori», professional hakamlar «Osh fanlari akademigi», boşqa iştirokçilar esa «Osh fanlari nomzodi» ramziy maqomiga ega böldi. Bu ğoya Özbekistonda osh şunçaki taom emas, balki madaniy kod, ta’m, an’ana va mahorat maktabi ekanini körsatdi.
Festivalning asosiy voqeasi 30 yoşgaça bölgan, Toşkentdagi osh markazlari va restoranlarda faoliyat yurituvçi yoş professional oşpazlar örtasidagi birinçi osh çempionati böldi. Iştirokçilar özbek oşining eng taniqli turlaridan biri – haqiqiy Toşkent töy oşini tayyorlaş böyiça bellaşdi.

Musobaqada iştirok etiş uçun takliflar poytaxtdagi köplab maşhur osh markazlari va restoranlarga yuborildi. Çempionatda öz mahoratini hakamlar va tomoşabinlar oldida namoyiş etişga tayyor bölgan yoş oşpazlar iştirok etdi.

Iştirokçilarni 11 nafar hakam baholadi. Ular orasida professional oşpazlar, taniqli şaxslar, olimpiada çempioni Bahodir Jalolov, jahon çempioni Isroil Madrimov, şuningdek, Özbekiston xalq artisti Abbos Qosimov bor edi. E’tiborlisi, 12 ovoz sifatida tadbir mehmonlarining bahosi ham “Xalq bahosi” sifatida inobatga olindi va ğolibni aniqlaşda muhim rol öynadi.




















