22:17 / 29.04.2017
16997

Fotoreportaj: Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida ochiq eshiklar kuni

2017 yil 29 aprel kuni Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti abituriyentlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” (Open doors)ni tashkil etdi. Ushbu kunda 2000dan ortiq kollej va litsey o‘quvchilari o‘zlarining ustozlari, oila a'zolari bilan soat 10:00dan 17:00ga qadar tashrif buyurishdi. 

Kun.uz muxbiri mazkur oliygohda o‘tkazilgan ochiq eshiklar kunidan fotoreportaj tayyorladi. 

Ochiq eshiklar kunida oliygohga tashrif buyurgan mehmonlarni maxsus ko‘ngillilar guruhi qarshi olib, TSMRIdagi ta'lim tizimi, o‘quv dasturlari, mavjud yo‘nalishlar, fanlar hamda pedagoglar bilan yaqindan tanishtirishdi. 

Shuningdek, talabalar o‘qishga kirishning asosiy talab va mezonlari bilan ham batafsil tushuntirib o‘tishdi. 

Ekskursiya davomida abituriyentlar institutning darsxonalari, kututbxonasi, oshxonasi, sport zal, ochiq maydon, suzish havzasi hamda yotoqxonasida ham bo‘lib, u yerdagi shart-sharoitlar bilan tanishishdi. 

Ma'lumot o‘rnida: 2007 yil yanvarda O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov Singapur Respublikasi Prezidenti S. Nathan taklifiga binoan Singapurga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston – Singapur davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik va dolzarb xalqaro muammolar xususida suhbatda mazkur dargohning ochilishiga tamal toshi qo‘yilgan.  

Shundan so‘ng, Islom Karimovning 2007 yil 5 sentabrdagi PQ-691-sonli “Toshkent shahrida Singapur menejmentni rivojlantirish instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori asosida ushbu institut tashkil etildi.

 Ayni damda institut Buyuk Britaniyaning Bangor, Sanderlend universitetlarining o‘quv dasturlari asosida O‘zbekiston, MDH va boshqa xorijiy davlatlarning jismoniy shaxslari quyidagi yo‘nalishlarda kasbiy rivojlanish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan:

Bangor universiteti (Buyuk Britaniya) dasturlari:

•  Bakalavr (imtiyozli) - Bank ishi va moliya
•  Bakalavr (imtiyozli) - Sanoat boshqaruvi
•  Bakalavr (imtiyozli) - Xalqaro mehmondorchilik va turizm boshqaruvi
•  Bakalavr (imtiyozli) - Amaliy sayohat, turizm va mehmondorchilik boshqaruvi
•  Bakalavr (imtiyozli) - Biznes va iqtisodiyot
•  Bakalavr (imtiyozli) - Moliya, sarmoya va risk boshqaruvi 

Sanderlend universiteti (Buyuk Britaniya) dasturlari:
•  Bakalavr (imtiyozli) - Buxgalteriya ishi va moliya
•  Bakalavr (imtiyozli) - Biznes va moliya boshqaruvi
•  Bakalavr (imtiyozli) - Biznes va marketing boshqaruvi
•  Bakalavr (imtiyozli) - Biznes va boshqaruv

Shu bilan bir qatorda Sanderlend universiteti (Buyuk Britaniya)ning quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha magistratura dasturlari mavjud:  

•  Magistratura Biznes boshqaruvi – Moliya
•  Magistratura Biznes boshqaruvi –Marketing
•  Magistratura Biznes boshqaruvi – Mehmondorchilik boshqaruvi
•  Magistratura Biznes boshqaruvi –Uzluksiz ta'minot boshqaruvi
•  Magistratura Biznes boshqaruvi - Kadrlar boshqaruvi

Mavzuga oid
Top