Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Davlat ta’minotidagi oila”lar uchun ijtimoiy yordam paketi joriy etiladi
2026 yil 1 fevraldan “davlat ta’minotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalar uchun qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash choralarini o‘z ichiga olgan ijtimoiy yordam paketi amalga kiritiladi. Oilalarni Ijtimoiy reyestrga kiritish va toifalarini belgilash bo‘yicha nizolarni tezkor hal etish uchun tuman (shahar) hokimliklari huzurida apellyatsiya kengashlari tashkil etiladi.
Prezident farmoniga muvofiq, 2026 yil 1 fevraldan “davlat ta’minotidagi oila” toifasidagi oilalar uchun qator ijtimoiy yordam paketi joriy etiladi.
Quyosh panellariga subsidiya: mazkur oilalar xonadoniga quvvati 7–10 kVt bo‘lgan quyosh panellarini o‘rnatish uchun BHMning 100 baravarigacha subsidiya ajratiladi.
Oilaviy tadbirkorlik uchun kredit: Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida tijorat banklari orqali 4 yilgacha, BHMning 75 baravarigacha kredit ajratiladi. Kredit:
- oilaning mehnatga layoqatli a’zolarining bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini boshlash yoki kengaytirish uchun;
- jumladan, chorva mollari, parranda, quyon, baliq, asalari uyasi, ko‘chma do‘konlar, motoroller/skuter va boshqa asosiy vositalarni sotib olish yoki issiqxona qurish maqsadlariga yo‘naltirilishi belgilangan;
- kredit 1 yillik imtiyozli davr bilan “davlat ta’minotidagi oila” toifasidagi oila a’zosining ijtimoiy kartasiga o‘tkaziladi;
- kredit foiz stavkasi dastur doirasida belgilangan stavkalar asosida hisoblanadi, foiz to‘lovlari esa Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan tijorat banklariga qoplab boriladi.
Bundan tashqari, oilalarni Ijtimoiy reyestrga kiritish, toifalarini belgilash va undan chiqarish masalalari bo‘yicha kelib chiqadigan nizolarni tezkor ko‘rib chiqish maqsadida 2026 yil 1 fevraldan tuman (shahar) hokimliklari huzurida apellyatsiya kengashi tashkil etiladi.
Qayd etilishicha:
- apellyatsiya kengashi o‘z faoliyatini davlat organlari, tashkilotlar va mansabdor shaxslardan mustaqil amalga oshiradi;
- u oilalarni Ijtimoiy reyestrga kiritish bo‘yicha dalolatnoma va xulosalarni qisman yoki to‘liq bekor qilish, yoxud ularga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha “mahalla yettiligi”ga majburiyat yuklash haqida qarorlar qabul qiladi.
Mavzuga oid
10:05 / 01.04.2026
Qarzdor mol-mulkini sotish va xatlashda yangi qoidalar joriy etiladi
09:58 / 01.04.2026
Mol-mulkni davlat daromadiga o‘tkazish tartibi soddalashtiriladi
09:38 / 01.04.2026
Aliment qarzi borlar uchun yangi cheklovlar joriy etiladi
09:13 / 01.04.2026