Farmonga köra, soliq qarzi va muammoli kreditlarni undirişda ijro hujjatlari böyiça mol-mulkni undiruvçi tomonidan rasmiylaştirilgan protsessual hujjatlar asosida davlat ijroçisining qarori bilan elektron onlayn auksion savdolari orqali realizatsiya qiliş imkoniyati yaratiladi.
Şuningdek, yuridik şaxslarning mol-mulklarini xatlaş va közdan keçiriş bilan boğliq ayrim protsessual harakatlar ham yangi tartibda amalga oşiriladi. Jumladan, soliq organining soliq qarzini undirişga oid ijro hujjatlari böyiça bu işlar soliq organining mansabdor şaxsi tomonidan bajariladi. Garov bilan ta’minlangan majburiyatlarni ijro etişga doir hujjatlar böyiça esa davlat ijroçisining topşiriği asosida tijorat bankining vakolatli şaxsi uşbu jarayonda iştirok etadi.
Yana bir muhim yangilik — ijro hujjatlari böyiça savdolarni taşkil etiş bilan boğliq hujjatlar, jumladan garov hujjatlari, xatlov va közdan keçiriş dalolatnomalari elektron platformalar orqali yuboriladi.
Farmonda, şuningdek, soliq organi mansabdor şaxsi yoki tijorat bankining vakolatli şaxsi tomonidan tuzilgan xatlaş va közdan keçiriş dalolatnomalari asosida realizatsiya qilingan yoki savdoga taklif etilgan mol-mulklarni rasmiylaştiriş bilan boğliq xatarlar rasmiylaştiruvçi idoralar zimmasida qoldirilişi nazarda tutilgan.

















