13:13 / 12.01.2019
10634

Hukumat qarori: bilet operatsiyalarining yagona elektron tizimi yaratiladi

Foto: Shutterstock

Vazirlar Mahkamasining “Bilet operatsiyalarining yagona elektron tizimini yaratish va joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi, Moliya vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining madaniyat va san'at muassasalarida blokcheyn texnologiyasidan foydalangan holda Bilet operatsiyalari yagona elektron tizimini (BOYaET) ishlab chiqish va joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.

Belgilab qo‘yilishicha:

BOYaETda blokcheyn texnologiyasidan ichki jarayonlarni optimallashtirish va BOYaETga ulanadigan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan bilet operatsiyalari shaffofligini oshirish, BOYaET foydalanuvchilari tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalar to‘g‘risidagi ma'lumotlar to‘liqligini ta'minlash, shuningdek, BOYaET doirasida foydalanuvchilar va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat bo‘yicha ma'lumotlar hisobga olinishining shaffofligini oshirish va optimallashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa maqsadlarda foydalaniladi;

madaniyat va san'at sohasida, shuningdek, biletlar emissiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa sohalarda, shu jumladan kinoteatrlar, teatrlar, shuningdek, tadbirlarga borish uchun elektron biletlar sotish servislari va xizmatlar ko‘rsatish, ishlarni bajarish bo‘yicha faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub'yektlari mazkur qarorda belgilangan tartibda BOYaETga ulanish huquqiga ega;

Jamg‘arma BOYaET ishlab chiqilishi bo‘yicha davlat buyurtmachisi bo‘lib, BOYaET ishlab chiqilishi, joriy qilinishi va ishlashi uchun zarur bo‘lgan ishlar, xizmatlar, mahsulotlar davlat xaridi uchun, shu jumladan qonunchilikda belgilangan tartibda BOYaET ishlab chiquvchisini, uskunalar, shuningdek, BOYaET ishlashini ta'minlash, modernizatsiya qilish, keyingi rivojlanishi uchun boshqa tovar va xizmatlar yetkazib beruvchisini tanlash, shuningdek, BOYaET foydalanuvchilari - yuridik va jismoniy shaxslarning ulanishi va ularga xizmat ko‘rsatilishi bo‘yicha davlat buyurtmachisi hisoblanadi.

Jamg‘arma:

2020 yilning 1 yanvarigacha bo‘lgan muddatda o‘z mablag‘lari hisobiga BOYaET yaratilishi va ishga tushirilishini ta'minlaydi;

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda 2020 yilning 1 apreligacha bo‘lgan muddatda BOYaET doirasida internet-ekvayringni qo‘llab xorijiy valutada elektron to‘lov va elektron biletlar sotib olishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etadi.

Elektron bilet sotish uchun mazkur tizimga ulanish sxemasi quyida keltirilgan:

Mavzuga oid
Top