Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 8 sentabrdagi tegişli qaroriga binoan, dori vositalari va tibbiy buyumlarni çakana realizatsiya qiliş faoliyatini litsenziyalaş pasportiga özgartiş kiritilmoqda.
Unga muvofiq:
- 2025 yil 10 dekabrdan boşlab Toşkent şahri hamda tajriba-sinov loyihasi amalga oşirilayotgan 15 ta tuman (şahar) hududidagi dorixonalar “Elektron retsept” moduli orqali belgilangan ma’lumotlarni real vaqt rejimida almaşişni ta’minlaşi şart;
- 2026 yil yakuniga qadar esa uşbu talab respublikaning barça hududlaridagi dorixonalar uçun majburiy bölib, ular litsenziya talablariga mos ravişda “Elektron retsept” tizimiga töliq ulanişi lozim böladi.
Amaldagi qonunçilikka köra, dorixonalar tomonidan retsept asosida berilişi lozim bölgan dori vositasini retsepsiz berganlik uçun javobgarlik belgilangan.
Endilikda şifokor tomonidan tayinlanadigan ayrim dori vositalarini xarid qilişda fuqarolarga dorixonaga albatta, şifokor tomonidan tizimga kiritilgan elektron retsept asosida murojaat etiş tavsiya etilmoqda.
Mutasaddilar ta’kidlaşiça, “Elektron retsept” tizimining bosqiçma-bosqiç joriy etilişi:
- dorilarni maqsadli va nazorat qilingan holda berilişi;
- suiiste’mollik holatlarini kamaytiriş;
- aholining dori vositalarini qabul qilişda xavfsizligini oşiriş;
- şifokor, dorixona va bemor örtasida raqamli özaro hamkorlikni yölga qöyişga xizmat qiladi.
Şu tariqa, “Elektron retsept” tizimi nafaqat litsenziya talabi, balki soğliqni saqlaş tizimini raqamlaştiriş va dorilar aylanmasi ustidan şaffof nazoratni kuçaytirişning muhim böğiniga aylanmoqda.

















