Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OTMning bakalavriat va magistratura imtihonlari internetda jonli efirga uzatiladi
Foto: KUN.UZ
“Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta'minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Adliya vazirligiga ko‘ra, farmon bilan barcha davlat organlari va tashkilotlari tomonidan Ochiq ma'lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma'lumotlar ro‘yxati (33ta) tasdiqlandi.
Davlat organlari va tashkilotlari o‘z faoliyatiga oid hisobotni har yili:
- 1 martgacha veb-saytlariga joylashtirib, 10 martgacha uni jamoatchilik ishtirokida muhokama etish haqida xabar beradi;
- 1 aprelgacha hisobotni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama etish uchun matbuot anjumanlarini o‘tkazadi.
2021 yil 1 iyuldan quyidagilar to‘g‘risidagi ma'lumotlar Ochiq ma'lumotlar portaliga hamda davlat organlari va tashkilotlari veb-saytlariga joylashtirilib, har chorakda yangilab boriladi:
- amalga oshirilgan davlat xaridlari;
- mansabdor shaxslarning xizmat safarlari va xorijdan tashrif buyurgan mehmonlarni kutib olish xarajatlari;
- prezident, Vazirlar Mahkamasi hujjatlari bilan soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar;
- o‘zlarining yillik xarajatlar smetasi va uning ijrosi.
Quyidagi imtihonlarni o‘tkazish jarayonini internetda jonli efirga uzatish tartibi joriy etiladi:
- OTMning bakalavriat va magistratura imtihonlari;
- o‘qishni ko‘chirish bilan bog‘liq imtihonlar;
- nostrifikatsiya test sinovlari.
2021/2022 o‘quv yili qabuligacha imtihonlarni internetda jonli efirga uzatishni ta'minlaydigan, barcha foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lgan “imtihon.uz” veb-platformasi ishga tushiriladi.
Mavzuga oid
11:48 / 25.11.2025
“Yashil Toshkent”: 33 km “yashil koridor” barpo etiladi
22:52 / 24.11.2025
O‘zbekistonda sudyalar va sud xodimlari kuni belgilanadi
22:15 / 24.11.2025
Sudyalarni navbatdagi o‘n yillik muddatga tayinlash tartibi bekor qilinadi
18:52 / 15.11.2025