O‘zbekiston | 11:48 / 25.11.2025
4001
2 daqiqa o‘qiladi

“Yashil Toshkent”: 33 km “yashil koridor” barpo etiladi

Toshkent shahar hokimligiga 2026 yilga qadar 33 kilometr uzunlikda “Yashil koridor” barpo etish, 700 ta chorrahada zamonaviy, sun’iy intellektual boshqaruvga ega svetofor tizimini joriy etish vazifasi yuklatildi.

Foto: Kun.uz 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2025 yil 24 noyabrda Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar haqidagi farmonni imzoladi. Hujjat poytaxtda havo ifloslanishini kamaytirish va iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatishga qaratilgan.

Hujjatga ko‘ra, 2026 yil bahor va kuz mavsumlarida Toshkent ko‘chalari bo‘ylab keng ko‘lamli ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilib, “Yashil koridor”lar tashkil etiladi. Bu shahar mikroiqlimini yaxshilash, changlanishni kamaytirish va aholi uchun qulay piyoda va rekreatsiya hududlarini yaratishga qaratilgan.

Shu bilan birga, 700 ta chorrahada intellektual svetoforlar o‘rnatilib, sun’iy intellekt yordamida transport oqimini boshqarish, tig‘izlik va chiqindilar miqdorini qisqartirish rejalashtirilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi va Ekologiya qo‘mitasiga havo ifloslanishi aholi salomatligiga ko‘rsatayotgan ta’sirini doimiy o‘rganish, nafas yo‘llari kasalliklari bo‘yicha statistika va profilak­tika choralarini kuchaytirish yuzasidan ham alohida vazifalar yuklatilgan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid