O‘zbekiston | 22:12 / 20.02.2023
51351
2 daqiqa o‘qiladi

Mart oyida o‘zbekistonliklar qaysi sanalarda dam oladi?

Olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlarga mart oyida 2 kunlik qo‘shimcha dam olish kuni beriladi. 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar esa bu kunlari dam olish evaziga shanba kunlari ishga chiqadi.

Foto: Getty Images

Prezidentning “2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan:

  • besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar – 5 kun (18-22 mart kunlari);
  • olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar – 4 kun (19-22 mart kunlari) ketma-ket dam oladi.

Besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlarning dam olish kunlari quyidagicha ko‘chiriladi:

  • 11 mart — shanba kunidan 20 mart — dushanba kuniga;
  • 25 mart — shanba kunidan 22 mart — chorshanba kuniga.

Shuning hisobiga besh kunlik ish haftasida ishlaydigan 11 va 25 mart kunlari ishga chiqishlariga to‘g‘ri keladi.

Olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 20 mart — dushanba va 22 mart — chorshanba kunlari qo‘shimcha dam olish kunlari bo‘ladi.

Ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun 23 mart, payshanbadan boshlab odatdagi ish kuni hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, 8 mart (chorshanba) — Xotin-qizlar kuni ham Mehnat kodeksining 131-moddasiga asosan dam olish (ishlanmaydigan) kuni hisoblanadi.

Mavzuga oid