14:10 / 15.04.2019
16195

Mahalliylashtirishga tavsiya etilgan dorilar ro‘yxati ma'lum bo‘ldi

Foto: Valeriy Matytsin/TASS

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “2019-2021 yillarda respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini yanada jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzolagani xabar berilgandi.

Hujjat bilan 2019-2021 yillarda respublika hududida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish tavsiya etilgan dori vositalari guruhlari ro‘yxati tasdiqlandi.

Hozirgi kunda ushbu dorilarning aksariyati import qilinadi, ammo tadbirkorlarga vaziyatni to‘g‘rilash bo‘yicha chaqiriq bilan chiqildi.

2019-2021 yillarda respublika hududida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish tavsiya etilgan dori vositalari guruhlari
ro‘yxati

T/r

Loyiha nomlanishi

1.

Antibiotiklar

2.

Endokrin tizimi patologiyasini davolash dori vositalari

3.

Yallig‘lanishga qarshi nosteroid dori vositalari

4.

Viruslarga qarshi dori vositalari

5.

Me'da-ichak yo‘llari patologiyasini davolash dori vositalari

6.

Immunobiologik dori vositalari

7.

Nafas a'zolari patologiyasini davolash dori vositalari

8.

Yurak-qon tomir kasalliklarini davolash dori vositalari

9.

Onkologiya kasalliklarini davolash dori vositalari

10.

Bolalarda sil (tuberkulyoz) bilan infeksiyalanishni erta aniqlash uchun diaskin testlari

 

Bundan oldin, O‘zbekistonda 10 turdagi dori vositalari guruhlarini ishlab chiqarish mahalliylashtirilishi xabar qilingandi.

Top