Andijonda sifati kafolatlanmagan dori vositalari işlab çiqarayotgan yana bir yaşirin sex foş etildi. Bu haqda Bojxona qömitasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Andijon şahridagi bir manzilda faoliyati taşkil etilgan 4 ta yuridik şaxs “oziq-ovqat mahsulotlari uçun kimyoviy qöşimçalar” işlab çiqariş niqobi ostida sifati kafolatlanmagan dori vositalari hamda biologik faol qöşimçalarni tayyorlab kelgan.

Yaşirin laboratoriyada bugungi kunda aholi orasida keng tarqalgan “Vitamix”, “Gegsi”, “Ferrumfer”, “Winds Baby”, “Lyuvit”, “Yodovit”, “Gepporooz”, “Bifidolin”, “Yodoplyus” kabi 100 turdagi mahsulotlar tayyorlangan. Ular orasida bolalar uçun möljallangan siroplar, oğriq qoldiruvçi vositalar, böğim va teri kasalliklari hamda qon köpaytiriş uçun preparatlar, turli şamçalar hamda maxsus çoylar ham bölgan.

Taşqi körinişi bejirim va işonçli tarzda qadoqlangan uşbu mahsulotlarning tayyorlanişi va saqlanişi mutlaqo antisanitariya holatida amalga oşirilgan.

Tezkor tadbir davomida yaşirin sexdan 13 dona dori va biologik faol qöşimçalar işlab çiqariş uskunalari, 6 dona muhr, mahsulotlarga yaroqlilik muddatini qadoqlovçi qurilmalar, 214 ming dona yozuvsiz böş şişa idişlar, 78 ming dona böş kapsulalar, 100 turdagi 503 209 dona sifati kafolatlanmagan tayyor dori vositalari, 105 kg nomsiz kukunlar aşyoviy dalil sifatida olingan.

Dastlabki hisob-kitoblarga köra, mazkur mahsulotlarning umumiy qiymati qariyb 5 mlrd sömni taşkil etadi.

Avvalroq Andijondagi yaşirin dori sexlaridan 10 mlrd sömlik qalbaki dorilar musodara qilingandi.