Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin iqtisodiy hamkorlikni muhokama qildi
Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik va iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Sankt-Peterburg shahriga amaliy tashrif doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi.
Muzokaralarda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik hamda ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikning ijobiy sur’atlarini yuqori baholadi. Qayd etilishicha, joriy yil boshidan buyon ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 20 foizga oshgan.

Shuningdek, sanoat, energetika, metallurgiya, transport, kimyo sanoati va iqtisodiyotning boshqa ustuvor tarmoqlarida amalga oshirilayotgan yirik qo‘shma loyihalarning borishi muhokama qilindi.
Uchrashuv chog‘ida tovar ayirboshlashdagi yuqori sur’atlarni saqlab qolish, kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish hamda hududlararo hamkorlikni kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.
Madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, Mariinskiy teatrida Georg Fridrix Gendelning “Tamerlano” operasi premerasi o‘tkazilgani va “Ermitaj” davlat muzeyida O‘zbekiston amaliy san’ati ko‘rgazmasi ochilgani qayd etildi.
Suhbat yakunida davlat rahbarlari bo‘lajak ikki tomonlama va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini ham muhokama qildi.
Mavzuga oid
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
20:55 / 05.06.2026
Rossiya mintaqadagi shunchaki qo‘shni emas, vaqt sinovidan o‘tgan strategik sherik va ittifoqchi - Shavkat Mirziyoyev
20:34 / 05.06.2026
Bu xat qo‘pollik unsurlariga ega - Putin Zelenskiyning xati haqida
17:01 / 05.06.2026