Rossiya prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakovning ma’lum qilişiça, Putin va 82 yoşli sobiq Germaniya kansleri örtasidagi muloqot Moskvadagi Kreml qarorgohida bölib ötgan.

Uşakov uçraşuvni “yaxşi va döstona suhbat” deb ta’riflab, tomonlar yakkama-yakka muloqot qilganini bildirgan. Şu bilan birga, u muhokama qilingan mavzular haqida ma’lumot bermagan.

Xususan, suhbat davomida Ukrainadagi uruşni tartibga soliş yoki tinçlik muzokaralari masalasi kötarilgan-kötarilmaganiga aniqlik kiritilmagan.

Avvalroq Germaniya ommaviy axborot vositalari Gerxard Şryoderning Moskvaga taşrif buyurgani haqida xabar tarqatgan edi. Jurnalistlar uni Kreml yaqinida joylaşgan mehmonxonalardan birida körişgan.

Ayrim naşrlar Şryoderning taşrifi Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi bilan boğliq bölişi mumkinligini taxmin qilmoqda. Forum 3–6 iyun kunlari ötkazilmoqda.

Gerxard Şryoder 1998–2005 yillarda Germaniya kansleri lavozimida faoliyat yuritgan. U Rossiya bilan yaqin munosabatlari va Putin bilan şaxsiy aloqalari sababli köp yillardan beri Yevropa siyosiy doiralarida bahsli şaxslardan biri hisoblanadi.

Vladimir Putin ilgari Şryoderni Ukrainadagi uruşni tugatiş böyiça ehtimoliy muzokaralarda Yevropa Ittifoqi vakili sifatida körişni istaşini bildirgan edi. Biroq Germaniya hukumati va Yevropa Ittifoqi rahbariyati uni bunday vazifaga nomzod sifatida körib çiqmasligini ma’lum qilgan.

Sönggi oylarda Yevropa Ittifoqida Rossiya bilan ehtimoliy muzokaralar uçun maxsus vakil tayinlaş masalasi muhokama qilinmoqda. Nomzodlar qatorida sobiq Yevropa Markaziy banki rahbari Mario Dragi, Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkel hamda Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb nomlari tilga olingan.