08:22 / 23.01.2019
57169

«Ozodlik Radiosi»ga qancha pul ajratilishi ma'lum bo‘ldi

Foto: RIA Novosti / Aleksey Vitvitskiy

«Ozodlik Radiosi» (to‘la nomi - «Ozod Yevropa Radiosi/Ozodlik Radiosi», RSe/RS) - AQSh Kongressi tomonidan moliyalashtiriladigan xalqaro notijorat radiouzatish tashkiloti. Bu haqda CA-News xabar qilmoqda.

AQShning Global medialar bo‘yicha agentligi vasiy hisoblanadi. Missiyasi - «matbuot erkinligi hukumat tomonidan cheklangan yoki hozircha jamoat hayotining normasiga aylanmagan mamlakatlar auditoriyasiga murojaat qilish orqali, demokratik qadriyatlar va institutlarni targ‘ib etish».

2018 yil oktabr oyi holatiga ko‘ra, efirga uzatish Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharqning 23 mamlakatida 26 tilda amalga oshirilmoqda. Markaziy Osiyo mamlakatlarida «Radio Azattik» qozoq xizmati, «Ozodi Radiosi» tojik xizmati, «Radio Azattik» qirg‘iz xizmati, «Azatlik Radiosi» turkman xizmati va «Ozodlik Radiosi» o‘zbek xizmati mavjud.

Quyida «Ozodlik Radiosi»ning Markaziy Osiyo xizmatlari uchun AQSh budjeti hisobidan moliyalashtirish jadvali taqdim etilgan.

Efirga uzatishdan tashqari, «Ozodlik Radiosi» Internet orqali ham o‘z eshittirishlarini beradi va televizion dasturlar yaratadi. Tashkilotning bosh qarorgohi Vashingtonda, dasturiy markazi - Pragada (1995 yiligacha Myunxenda joylashgan), shuningdek, 17ta mintaqaviy byuro mavjud.

«Ozodlik Radiosi»ning rasmiy saytidagi ma'lumotlarga ko‘ra, RSe/RS’da taxminan 400 nafar jurnalist va 750 nafarga yaqin frilanser ishlaydi.

Top