Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh hududida noqonuniy bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarning bir guruhi Vatanga qaytarildi
44 nafar shaxs charter reys orqali O‘zbekistonga qaytdi.
Illyustrativ foto / AFP
21 yanvar kuni AQSh hududida noqonuniy bo‘lib turgan shaxslarni deportatsiya qilish maqsadida ushbu davlatning vakolatli idoralari tomonidan yana bir charter reysi amalga oshirildi. Ushbu reysda O‘zbekistonning 44 nafar fuqarosi Vatanga qaytarildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, charter reysi AQSh tegishli hukumat idoralari bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, uning «amalga oshirilishi orqali O‘zbekiston fuqarolarining yurtimizga xavfsiz va o‘z vaqtida qaytarilishi ta’minlandi».
«Mazkur tadbir O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi hamkorlikning yana bir muhim namunasidir. Yurtimiz fuqarolarining o‘zga davlatlarda xavfsizligini ta’minlash, ularning qonuniy huquqlarini himoya qilish va ularni Vataniga qaytarish borasidagi hamkorlik davom etmoqda», deyiladi xabarda.
O‘tgan yilning aprel oyida AQSh hududida qonuniy asoslarsiz bo‘lib turgan va deportatsiya qilinadigan xorijliklar ro‘yxatiga kiritilgan O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish maqsadida Nyu-York – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha maxsus charter reysi amalga oshirilgan edi. Unda O‘zbekistonning qariyb yuz nafar fuqarosi Toshkentga qaytarildi.
Mavzuga oid
23:48 / 10.05.2026
Eron AQShning so‘nggi tinchlik taklifiga javob qaytardi
10:04 / 10.05.2026
Yaponiya viza tartibini buzgan yana bir o‘zbekistonlikni deportatsiya qildi
10:19 / 09.05.2026
AQSh Venesueladan boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqdi
07:43 / 09.05.2026