Jamiyat | 12:04 / 24.11.2025
3271
2 daqiqa o‘qiladi

Yangi O‘zbekiston bog‘i atrofida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi

«Prezident Olimpiadasi» doirasida o‘tkaziladigan «Olimpiya cho‘qqilari» sport musobaqalarining Respublika final bosqichi munosabati bilan Toshkent shahrida ayrim yo‘nalishlarda avtotransport harakati vaqtincha cheklanadi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning noyabr–dekabr oylari davomida Yangi O‘zbekiston «Olimpiya cho‘qqilari» sport musobaqalarining respublika final (uchinchi) bosqichi – «Prezident Olimpiadasi» musobaqalari o‘tkaziladi.

Musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish va xavfsizligini ta’minlash maqsadida 24 noyabrdan 4 dekabrga qadar quyidagi yo‘nalishlarda avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi:

Yangi O‘zbekiston ko‘chasidan yangi mehmonxonalar tomon harakatlanish («Yangi O‘zbekiston bog‘i» chegarasi bo‘ylab);
Milliy bog‘ ko‘chasidan yangi mehmonxonalarga harakatlanish.

Qayd etilishicha, ushbu cheklovlar faqat oddiy avtotransport vositalariga taalluqli bo‘lib, maxsus avtoulovlar (tez yordam, o‘t o‘chirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va h.k.) uchun mustasno hisoblanadi.

Tashkilotchilar yo‘llardagi vaqtincha noqulayliklar uchun fuqarolardan uzr so‘rab, musobaqa ishtirokchilariga omad va g‘alaba tilagan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid