Toshkent shahri Sergeli tumanida 2025 yil 25 dekabr kunidan tun-u kun (24/7) faoliyat yuritadigan gastronomik turizm ko‘chasida yangi yil tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan qator ko‘chalarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.

Xususan, quyidagi uchastkalarda harakatga cheklov kiritiladi:

  • So‘g‘diyona ko‘chasi — Yangi Sergeli ko‘chasi kesishmasidan Jaloyir va Bag‘rikeng ko‘chalari kesishmasigacha bo‘lgan qismi;
  • Jaloyir ko‘chasi — So‘g‘diyona ko‘chasi kesishmasidan Obihayot ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismi.

Shuningdek, Bektemir tumanida 2025 yil 25 dekabrdan boshlab Chirchiqbo‘yi ko‘chasining ma’lum qismida, “Coca-Cola Garden” bog‘ida o‘tkaziladigan bayram tadbirlari hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi.

Mazkur yo‘nalishdan harakatlanuvchi haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish, harakatni oldindan rejalashtirish tavsiya etildi.

Cheklov muddati: 2025 yil 25 dekabrdan 2026 yil 10 yanvargacha.