Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada portlash oqibatida ikki politsiyachi halok bo‘ldi
General Fanil Sarvarov o‘ldirilgan joy yaqinida ikki kun o‘tib yo‘l-patrul xizmati mashinasi portladi.
Ilya Lazarev / TASS / Profimedia
Moskva shahrining Yeletskaya ko‘chasida (Orexovo-Borisovo Yujnoye rayoni) 24 dekabrga o‘tar kechasi yo‘l-patrul xizmati avtomobili yaqinida portlash ro‘y berdi. Rossiya tergov qo‘mitasi versiyasiga ko‘ra, ikki politsiyachi xizmat avtomobili yaqinida «shubhali shaxs»ni payqab, uni qo‘lga olishga qaror qilishgan. Ular gumonlanuvchiga yaqinlashganida, «portlovchi qurilma harakatga keltirilgan». Mahalliy aholi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, portlash taxminan soat 01:30 da ro‘y bergan.
Oqibatda ikki politsiyachi olingan tan jarohatlari oqibatida halok bo‘lgan. Ularga yaqin turgan shaxs ham vafot etgan. Kuchishlatar tuzilmalarga yaqin hisoblangan Baza va Mash telegram-kanallariga ko‘ra, uchinchi qurbon – politsiyachilar qo‘lbola portlovchi qurilmani o‘rnatishda gumon qilgan shaxsdir.
Tergov qo‘mitasi ikki modda bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan – huquqni muhofaza qilish organlari xodimining hayotiga tajovuz qilish (RF JK 317-moddasi) va portlovchi moddalarning noqonuniy aylanmasi (RF JK 222.1-moddasi, 1-qismi).
Baza ma’lumotiga ko‘ra, halok bo‘lgan xodimlar – 24 yoshli Ilya Klimanov va 25 yoshli Maksim Gorbunov, ularning ikkisi ham politsiya leytenanti edi. «112» manbasi yozishicha, Gorbunov uch yildan buyon ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgandi, uning rafiqasi to‘qqiz oylik chaqalog‘i bilan beva qolgan. Klimanov xizmatga ikki yil oldin kirgandi.
Avvaliga telegram-kanallarda hodisa qanday ro‘y bergani yuzasidan turlicha versiyalar keltirildi. Baza portlovchi qurilma xizmat avtomobili ostiga mustahkamlangan bo‘lgani haqida yozdi. Mash mashina ichiga portlovchi qurilma solingan sumga tashlanganini xabar qildi. Shuningdek, voqea joyida portlamay qolgan yana bir qurilma topilgani aytildi.
Yakunda «112» telegram-kanali Yo‘l-patrul xizmati avtomobilini portlatgan shaxs firibgarlar ko‘rsatmasi bo‘yicha harakatlanganini xabar qildi. Kanal versiyasiga ko‘ra, uni Davlat xizmatlaridagi akkaunti buzib kirilishi bahonasi bilan aldashgan. Jinoyatchilar uni Ivanovo oblastidan Moskvaga kelishga va politsiya xodimlarining mashinasi ostiga portlovchi qurilma o‘rnatishga ko‘ndirgan. Ushbu ma’lumot rasman tasdig‘ini topmagan.
Ilya Lazarev / TASS / ZUMA Press / Scanpix / LETA
«Agenstvo» e’lon qilingan video va fotosuratlarni tahlil qilib, portlash joyi 22 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasi qurolli kuchlari Bosh shtabi operativ tayyorgarlik boshqarmasi boshlig‘i – general-leytenant Fanil Sarvarov o‘z mashinasida portlatilgan avtoturargohdan 300 metr masofada, degan xulosaga kelgan. General o‘tirgan mashina portlashi Yaseneva ko‘chasi 12-uy yaqinidagi avtoturargohda sodir bo‘lgandi. Portlovchi qurilma avtomobilning pastki qismi ostiga o‘rnatilgandi. «Kommersant» xabariga ko‘ra, portlash uchun magnitli minadan foydalanilgan. Sarvarov olingan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan. Tergov qo‘mitasi generalning o‘ldirilishi bo‘yicha turli versiyalarni, jumladan, Ukraina maxsus xizmatlarining bunga aloqadorligini tekshirayotganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
16:12
“Meduza” asoschisi Timchenko sirtdan 5 yilga koloniyaga hukm qilindi
10:25
Moskva: Kiyev AQSh rejasi bo‘yicha muzokaralarni to‘syapti
10:52 / 26.12.2025
Makriddagi tog‘ portlatilishi bo‘yicha izoh berildi: uy va maktab devorlaridagi yoriqlar qo‘shimcha tekshiriladi
22:28 / 25.12.2025